Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə3/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Solishtirma anatomiya - odam organizmining hayvonlar organizmidan tubdan farq qilishi odamning evolyutsion taraqiyoti qonunlari - filogenezga taqqoslangan holda odam holatiga o`tish jarayoni antropogenizni o`rganadi.
Embriologiya – odam organizming paydo bo`lishini tugilguncha ona qornida o`sib rivojlanib borishini o`rganadi.
Yoshga doir anatomiya – tug`ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo`lgan davrda organizm tuzilishidagi tofovutlarni o`rganadi.
Antropologiya – organizm shakllanishi, rivojlanishiga odamlar yashab turgan muhitning iqlimiy – geografik sharoiti, ijtimoiy va biologik omillarning ta‘sirlarini o`rganadi.
Funksional anatomiya – a‘z olarning tuzilishi ularning vazifalariga bog`liq holda shakllanib borishini o`rganadi.
Fiziologiya – organizm a‘zolar tizimi, a‘zolarni, shuningdek, to`qima va hujayralarning hayotiy faoliyatini o`rganadi.
Sitologiya – organism hujayralarining tuzilishi, shakllari, ko`payishi, kimyoviy tarkibini o`rganadi.
Gistalogiya – a‘zolarni tashkil qilgan to`qimalarni o`rganadi.
Patologik anatomiya- a‘zolarning kasallik holatidagi o`zgarishlarni o`rganadi.
Sistematik anatomiya- bir-qancha bo`limdan iboratdir. U organizmning har-xil sistemalarini o`rganadi, masalan, suyaklarni osteologiya, bo`g`imlarni sindesmologiya, muskullarni miologiya, ichki a‘zolarni splanxologiya, qon tomirlar tuzulishini angiologiya, ichki sekretsiya bezlarini endokrinologiya, sezgi a‘zolarini esteziologiya, nerv tizimini nevralogiya bo`limlari o`rganadi.
Topografik anatomiya- a‘zolarning tuzulishi shaklidan tashqari ularning uzaro munosabatlarini, chegarasini va proeksiyalarini o`rganadi.
Shunday qilib, anatomiya fani odam organizmining tuzilishi va funksiyalarini ularning evolyutsion rivojlanish asoslariga bog`liq atrof-muhit ta‘sirida shakillanish qonuniyatlari bilan birgalikda o`rganadi.
Odam anatomiyasi tibbiy fanlarning asosi. Salomatlik haqida tushuncha.
Salomatlik odam organizmining biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir, uning mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo`lmish sihat-salomatlikka nisbatan ongli va mas`uliyat bilan yondashish jamiyat barcha a`zolarining turmush va axloq normasi bo`lmog`i lozim. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun avvalo odam o`z tanasining tuzilishini, har qaysi to`qima va a`zolarning normal ish faoliyatini, o`sish, rivojlanish va ko`payish qonuniyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, barcha tirik mavjudotlar tobora takomillashtirish uchun zarur bo`lhan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish talab etiladi. Odam organizmining tuzilishini anatomiya, uning ish faoliyatini fiziologiya, yashashi, normal o`sishi, rivojlanishi, o`qishi, mehnat qilishi uchun zarur sharoit yaratishni gigiyena fani asosida o`rganiladi.
Odam organizmining tuzilishi va funksiyasi boshqa barcha tirik mavjudotlarnikiga nisbatan nihoyatda murakkab va yuqori darajada takomillashgandir.
Ma`lumki, odamning paydo bo`lishida uning yashash ushun kurashi, o`ziga sharoit yaratishi, bir-biri bilan munosabatda bo`lishi zarurati muhim rol o`ynagan. Binobarin, odam bir necha million yillar ilgari hayvonot olamida evolyutsion rivojlanish jarayonida sodir bo`lgan biologik va ijtimoiy o`zgarishlar, rivojlanishlar mahsulidir.
Odam organizmining barcha to`qima va a`zolar bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir. Shuningdek, ular tevarak-atrof muhiti blan ham doimiy aloqadadir. Bu ikkala bo`glanish nerv va endokrin tizimlar orqali moshqariladi. Odamning sog`lig`i uning o`zi, oila va jamiyat boyligi hisoblanadi. Shunga ko`ra, o`z sog`lig`ini saqlash va mustahkamlashga hamda jamiyat a`zolari sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish har bir insonning yukasak burchidir. Afsuski, o`zining ana shu burchini bilmaydiganlar yoki unitib qo`yganlar oz emas.
Tibbiyot fanidagi tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, agar odamning sog`lig`i 100 % deb qabul qilinadigan bo`lsa, uning 50 % i har qaysi odamning turmush tarziga, 20 % i tashqi muhit sharoitiga, 20 % i nasl xususiyatlariga va nihoyat 10 % i tibbiy yordamga bog`liq.
Ma`lumki, aksariyat odamlar umrining 10 yili maktabda o`tadi. Inson hayotining bu davri o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu davrda bola va o`smir organizmi uzluksiz o`sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta`siriga juda beriluvchan bo`ladi. Boshqacha aytganda, yoshlarning yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o`shishi hamda rivojlanishiga ta`sir etadi. Binobarin, bu sharoit qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga ko`ra, bolalar va o`smirlarning o`sish, rivojlanishi normal yoki nonormal bo`lishi mumkin.
Yuqorida aytilgan sharoitlarining yaratilmasligi yoki ularga amal qilmasligi o`qibatida o`quvchilarning talaygina qismida o`sish va rivojlanishning buzilishi tayanch-harakatlanish, yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish tizimlari a`zolarining surunkali kasalliklari, ko`rish o`tkirligining pasayib qolishi kabi salbiy holatlar uchramoqda va ular o`zi xohlagan kasbni egallash imkonga ega bo`lmayotir.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin