Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə16/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Bo’yin umurtqalari
Bo’yin umurtqalari yettita. Ularga og’irlik kam tushgani uchun tanasi nisbatan kichik va ellipsimon shaklda. Bo’yin umurtqalarining tanasi III umurtqadan VII ga qarab kattalashadi. Ularning ustki va pastki yuzalari egarsimon bukilgan. Umurtqa teshigi esa uchburchak - oval shaklida. Bo’yin umurtqalarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning ko’ndalang o’simtasidagi teshikdir. Bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalari yuqori yuzasida joylashgan orqa miya nervi egati uni oldingi va orqa do’mboqchaga bo’ladi. VI bo’yin umurtqasi oldingi do’mbog’iga uyqu arteriyasi yaqin joylashgani uchun uni uyqu do’mboqchasi deyiladi.
Unga uyqu arteriyasini bosib bosh va bo’yin sohasidan qon oqishni to’xtatish mumkin. Bo’yin umurtqalarining bo’g’im o’simtalari qisqa. Ularning yuqorigi bo’g’im yuzasi orqaga va yuqoriga, pastki bo’g’im yuzasi esa oldinga va pastga qaragan. II-VI bo’yin umurtqalarining qirrali o’simtasining uchi ayri shaklida tugaydi. VII bo’yin umurtqasining qirrali o’simtasi uzun va uchi kattalashgan. Tirik odamda uni ushlab ko’rish mumkin bo’lgani uchun turtib turuvchi umurtqa deb ataladi. I va II bo’yin umurtqalari shakl jihatidan boshqalardan farq qiladi.
I bo’yin umurtqasi atlantning (atlas) tanasi taraqqiyot davrida II bo’yin umurtqasiga tish hosil qilib birikib ketgan. Natijada uning tanasi o’rnida oldingi ravoq hosil bo’ladi va umurtqa teshigi kengayadi. Oldingi ravoqning oldingi yuzasida oldingi bo’rtiq, ichki tomonida II umurtqa tishi uchun bo’g’im chuqurchasi bor. Orqa ravoqning orqa yuzasida orqa bo’rtiq bor. Uning oldingi va orqa ravoqlari o’zaro yon massalar vositasida birikadi. Yon massalarning ustida joylashgan yuqorigi bo’g’im chuqurchasi oval shaklida, ensa suyagi bug’im bo’rtig’i bilan bo’g’im hosil qiladi. Ostki bo’g’im chuqurchasi yassi, yumaloq shaklda bo’lib, II bo’yin umurtqasi bilan bo’g’im hosil qiladi. Orqa ravoqning yuqori yuzasida umurtqa arteriyasi egati bor.
Birinchi bo’yin umurtqasining tog’ay davrida uning yon massalari va orqa ravog’i uchun bir juft suyak nuqtasi bo’lib, ular o’zaro tog’ay qatlam bilan ajralgan. Oldingi ravoq uchun ikkita suyak nuqtasi bir yoshda paydo bo’ladi va o’zaro uch yoshda qo’shiladi. Uning orqa yarim ravoqlari esa 2-5 yoshda qo’shiladi. Oldingi va orqa ravoqlar o’zaro 5-9 yoshlarda birikadi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin