Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə26/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Boldir suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat.
Katta boldir suyagi boldirning ichki tomonida joylashg’an bo’lib, uning oldingi qirrasi o’tkirroq bo’ladi. Suyakning yuqorigi uchi kеngayib, son suyagining pastki uchi bilan birikishga moslashgan. Pastki uchi yumaloqlashib, ichki to’piqni hosil qiladi. Kichik boldir suyagi boldirning tashqi tomonida joylashib, uning yuqorigi uchi yo’g’onlashib, katta boldir suyagining yuqori qismiga birikadi. Pastki qismi oyoqning tashqi to’pig’ini hosil qiladi va oshiq suyagi bilan birikadi.
Katta boldir suyagida tanasi va ikki uchi tafovut qilinadi. Uning yuqori uchi kengaygan bo’lib, ichki do’ngsimon o’simta va tashqi do’ngsimon o’simta bor. Bu osimtalarning ustki tomonida son suyagini pastki uchi bilan bo’g’im hosil qiluvchi botiqroq ustki bo’g’im yuzasi joylashgan. Katta boldir suyagining do’ngsimon o’simtalarining bo’g’im yuzsi o’zaro do’ngsimonaro tepalik bilan ajralgan. Bu tepalik ikki: ichki va tashqi bo’rtiqlarga bo’linadi.
Kichik boldir suyagi katta boldir suyagiga nisbatan ingichka suyak. Suyakning yo’g’onlashgan yuqori uchida kichik boldir suyagi boshchasi joylashgan. Unda yuqoriga yo’nalgan kichik boldir suyagi boshchasining uchi, medial tomonida esa katta boldir suyagi bilan birikadigan kichik boldir suyagi boshchasining bo’g’im yuzasi joylashgan. Pastga tomon boshcha torayib kichik boldir suyagi bo’ynini hosil qilib suyak tanasiga o’tadi.
Oyoq panjasining suyaklari har xil kattalikda 27 ta suyakdan iborat bo’lib, ular uch guruhga bo’linadi: tovon suyaklari - 8 ta, shulardan bittasi tizza qopqog`i suyagidir, oyoq - kaft suyaklari - 5 ta va barmoq suyaklari - 14 ta.
Odam tik yurishga o’tishi natijasida oyoq suyaklariga tushadigan massaning ortishi va xilma - xil harakatlarning bajarilishi bu suyaklar funksiyasini oshirib, ularning rivojlanishiga va mustahkamlanishiga sabab bo’lgan.
Oyoq panjasi suyaklari kaft oldi suyaklari, oyoq kafti suyaklari va oyoq panjasi barmoq syaklaridan iborat.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin