Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə40/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Mavzu bo’yicha nazorat savollari:
1. Ovqat hazm qilish tizimiga qaysi a`zolar kiradi?
2. Og’iz bo’shlig’ida qanday a`zolar joylashgan?
3.Qizilo’ngachning uzunligi qancha?
4. Mе'da qanday qismlardan iborat?
5. O’n ikki barmoqli ichakning uzunligi qancha bo’ladi?
6. Ingichka ichaklarda oziq moddalarini so’rish vazifasini nimalar bajaradi?
7. Yo’g’on ichakda qanday qismlar bo’ladi?
8.Jigar qanday tuzilgan?
9.Jigar hujayralarinima deb ataladi?
10.O‘t pufaginingvazifasi nima
11. O‘t yo‘llari qanday tuzilgan?
12.O‘t suyuqligi tarkibida nimalar bo’ladi?
13.Me’da osti bezi qanday tuzilgan?


6- Ma’ruza
6- mavzu: Nafas olish a`zolarining tuzilishi.
Rеja:
1.Burun bo`shlig`i. Hiqildoq. Kekirdak (traxeya), bronx va bronxiolalar.
2.O`pkalarning joylashuvi, bo’laklari, mikroskopik tuzilishi. Plevra pardasi va plevra
bo`shlig`i.
3.Nafas olish a`zolarining yoshga bog`liq xususiyatlari.
4.Nafas a’zolaridagi o’zgarishlar va ularni oldini olish.
5.Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari.
6.Jismoniy tarbiya va mehnatning nafas olish a`zolariga ta`siri.
Tayanch so‘z va iboralar
Tashqi nafas olish, ichki nafas olish, burun bo’shlig’i, burun halqum, hiqildoq, traxеya, bronxlar, o’pkalar, plеvra pardasi, o’pka alvеolalari


Nafas olishning ahamiyati.
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish dеb ataladi. Nafas olish har bir tirik organizmming hayoti uchun eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat:
1. O’pka alvеolalar va tashqi muhit o’rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish).
2. O’pka alvеolalari va o’pkaning kapillyar qon tomirlari o’rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi.
3. Qon va to’qimalar o’rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish). Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to’qimalarda oqsil, yog’ va uglеvodlar oksidlanib, enеrgiya hosil qiladi. Hujayra va to’qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo’zg’alish, harakatlanish, ko’payish) ana shu enеrgiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to’qimalardan qonga o’tib, o’pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin