Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə91/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Mavzusi bo`yicha savollar :
1.Hujayraning asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
2.O`simlik va hayvon hujayralari bir-biridan qanday farq qiladi?
3.Hujayra qobig`i qanday vazifalarni bajaradi?
4.Sitoplazma nima?
Ilova-2
To`qimalarning tuzilishi, shakllari, joyalshuvi,vazifalari. A`zolar. A`zolar tizimi” mavzusi bo`yicha ishni bajarish tartibi.


Ish-3. To`qimalarningtuzilishi, shakllari, joyalshuvi,vazifalari.
1.To`qima – paydo bo`lishi, tuzilishi, funksiyasi, hayotiy jarayonlari bir-biriga o`xshash bo`lgasn hujayralar to`plamidir.Odam organizmida 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to`qimalari bo`ladi.
- Epiteliy to`qima terining ustki yuzasini, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish a`zolarining ichki yuzasini qoplab turadi.
Epiteliy to`qima joylashuvi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga ko`ra bir necha xil bo`ladi. Yassi, kubsimon, silindrsimon, bir qavatli, ko`p qavatli shakllarda bo`ladi.Yassi epiteliy terining ustini qoplab turadi, kubsimon epiteliy buyrakda, silindrsimon epiteliy me`da-ichaklarning ichki yuzasida,tukli epiteliy burun bo`shlig`ining ichki yuzasida joylashgan.
Epiteliy to`qima joylashuviga qarab har xil vazifani bajaradi: terining ustki qismini va burun bo`shlig`ini qoplab turgan epiteliy to`qimalari himoya vazifasini bajaradi: me`da-ichaklarning ichki yuzasidagi epiteliy to`qimasi ovqat hazm qilishda ishtirok etadi.
Biriktiruvchi to`qimalarga qon,limfa,suyak tog`ay pay kabilar kiradi.Ular joyalashuvi va bajaradigan vazifasiga ko`ra turli xususiyatlarga ega,masalan pay, tog`aylar tarkibidagi biriktiruvchi to`qima hujayralari orasida elastik tolalar ko`p bo`lgani uchun ular cho`zilish, bukilish, tortilish kabi ta`sirlarga chidamli bo`ladi.
Muskul to`qimasi uch xil bo`ladi: ko`ndalang yo`lli, silliq tolali va yurak muskullari.Muskul hujayralarida myofibril tolachalar bo`lib, ular muskul tolasining qisqarish-yozilish xususiyatini ta`minlaydi.Ko`ndalang yo`lli, ya`ni skelet muskullari odam tanasining tashqi sohasida joylashib, suyaklarga birikib turadi.Shuning ushun ular skelet muskullari deb ataladi.Bu muskul tolalarining uzunligi bir necha mm dan to 10-12 sm gacha bo`ladi.Muskul tolasining sitoplazmasi sarkoplazma deb ataladi.Har bir muskul tolasida bir nechta yadro, ipsimon ingichka tolachalar (miofibrillar) bo`ladi.Muskul tolalari mikroskopda ko`rilganda ko`ndalang yo`nalishidagi chiziqlar ko`rinadi.Shuning uchun bu muskul ko`ndalang yo`lli muskul deb ham ataladi.
Skelet muskullarining harakati odam ixtiyoriga bog`liq.Shuning uchun biz qo`l, oyoq, bosh kabi a`zolarimiz bilan hohlagan harakatni bajaramiz.Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug`ullanilsa, skelet muskullari yaxshi rivojlanadi.
Silliq tolali muskullar duksimon tuzilgan bo`lib, tolasi kalta ya`ni 0.1 mm atrofida.Bu muskullarning hujayrasida bitta yadro va sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo`lgan kalta-kalta myofibril ingichkalari bo`ladi.Silliq muskullar nafas olish a`zolari, me`da-ichak, siydik chiqarish yo`llari, qon va limfa tomirlari devorida joylashgan.Bu muskullarning faoliyati odam ixtiyoriga bog`liq emas, ya`ni ular odam tinch turganda, uxlagan vaqtda ham qisqarib-bo`shashib faoliyatini bajaraveradi.
Nerv to`qimasi orqa va bosh miyani tashkil etadi.U odam organizmining barcha to`qima va a`zolari ishini boshqaradi. Nerv to`qimasi ikki xil hujayradan nerv hujayrasi, ya`ni neyron va neyrogliyadan tashkil topgan.
Nerv hujayrasi (neyron) bajaradigan vazifasiga ko`ra ikki xil sezuvchi va harakatlantiruvchi bo`ladi. Neyron doirasimon, yulduzsimon, oval, noksimon shakllarga ega bo`lib, hajmi 4-130 mikrongacha. Boshqa hujayralardan farqi, unda membrana, sitoplazma va yadrodan tashqari, bitta uzun (akson) va bir nechta kalta (dendritlar) o`simtalari bo`ladi.
Sezuvchi neyronning uzun o`simtalari orqa va bosh miyadan chiqib, tananing skelet muskullariga, ichki a`zolarining silliq muskullariga va yurakka borib, ularning harakatlanishini boshqaradi.
Nerv hujayralarining kalta o`simtalari orqa va bosh miyadan chiqmaydi, ular bir hujayrani uning atrofidagi boshqa nerv hujayralari bilan bog`lab turadi.
Neyrogliya nerv to`qimasining tarkibiga kiruvchi hujayra bo`lib, orqa va bosh miyadagi nerv hujayralari atrofida joylanadi.Uning o`simtalari miyadan tashqariga chiqmaydi, ular miyaning nerv hujayralarini oziqlantirish vazifasini bajaradi.
2.Epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to`qimalari tasvirlangan tablitsalardan foydalanib va tayyor mikropreparatlarni mikroskopda ko`rib to`qimalarning tuzilishi daftarga chiziladi.



Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin