Ish-4. A`zo. A`zolar tizimi.
1.Ma`lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to`qimalar to`plami a`zo deyiladi.Har bir a`zo odam organizmi uchun muhim bo`lgan aniq bir vazifani bajaradi,masalan, yurak nasos sifatida vena tomirlaridagi qonni arteriya tomirlariga o`tkazib, organizmda qon aylanishini ta`minlaydi.O`pkalar nafas olish va nafas chiqarish orqali organizmning barcha hujayra va to`qimalarini kislorod bilan ta`minlaydi.Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalarni tashqariga chiqaradi.
Bir xil vazifani bajaruvchi bir nechta a`zolar yig`indisi a`zolar tizimi deb ataladi.masalan, nafas olish a`zolari tizimi: burun bo`shlig`i, burun halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o`ng va chap o`pkalardan tashkil topgan;
Qon aylanish tizimi; yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari hamda tugunlaridan iborat va hokazo.
2.Tors, skelet va jadvallardan foydalanib, a`zolar va a`zolar tizimi o`rganiladi.
3.Turli a`zolar va a`zolar tizimining tuzilishi daftarga chiziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.
2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A.. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007 y.
Amaliy mashg’ulot – 2
Mavzu: Suyaklarning tuzilishi, shakllari, kimyoviy tarkibi.
Kuydirilgan va kalsiysizlantirilgan suyaklarni tayyorlash usuli.
Mashg`ulot turi: Amaliy.
Mashg`ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg`ulot o`tish joyi: Amaliy mashg`uloti xonasi.
Mashg`ulot maqsadi:
Suyaklarning tuzilishi, shakllari, kimyoviy tarkibi haqida tusuncha bеrish.
Suyaklarning tuzilishini ko`rgazmali qurollardan foydalanib o`rganish.
Kalsiysizlantirilgan suyak tayyorlash.
Kuydirilgan suyak tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: |