Сu2++2е=Сu Сl2+2е=2Сl- Umumiy tarzda Ox + ne- =red yoziladi.
Yuqoridagi qoidalarga muvofiq, galvanik zanjirning elektr yurituvchi kuchi – EYK muvozanatdagi elektrokimyoviy sistemaning barcha fazalar chegarasidagi potensiallar farqi algebraik yig‘indisiga teng.
(-)Zn / ZnSO4:CuSO4 / Cu(+) Daniel elementida 4 ta fazalar chegarasi bor:
Zn/ZnSO4; Сu/CuSO4 – I va II tur o‘tkazgichlar orasidagi potensial – elektrod potensial ( );
Zn|Cи – ikkita I tur o‘tkazgichlar orasidagi potensial – kontakt potensial ( ) ga teng. Buni yo‘qotish uchun zanjir shunday yig‘iladiki, ularning uchi bir tabiatli metall bilan tugasin, ya’ni ikkita qutb bir xil metall bo‘ladi
Си, Zn | SO4 : СиSO4| Cи yoki Zn | ZnSO4 : CиSO4| Cи,Zn
Topshiriq: Tok buyicha unum nima?
19300 sekund davomida 2 A tok kuchi bilan 250 ml 0,4 molyarli kadmiy sulfat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda (inert elektrod) ajralgan kadmiy massasini (g) hisoblang. (vodorodning ajralishi hisobga olinmasin)
Quyidagi aralashmalarning suvli eritmalari kumir elektrodlar ishtirokida elektrolizlanganda katod va anodlarda birinchi bulib qanday mahsulotlar ajralib chiqadi: а) CuSО4 ва КCl ; б) NiSО4 ва NаCl; c) SnCl2 ва КJ ?
Mis(II) nitrat va kumush nitratlarning 0,1 molyarli eritmalaridan 400 ml dan aralashtirib, so‘ngra 4 A tok kuchi bilan 1930 sekund davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada qolgan tuzning massasini (g) toping.
Har qanday metallning ekvivalenti va elektrokimyoviy ekvivalentiga tengmassani ajratib chiqarish uchun elektrodlarda 5 A li tokni qancha vaqt davomida o‘tkazish kerak?
800 g 5% li mis(II) sulfat eritmasining massasi 23,6 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert elektrodlarda ajralgan moddalar massasini (g) aniqlang.