predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan soʻzlarni bilib oladilar. Bu darslarda o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi, so'z turkumlarini o'rganish jarayonida guruhlanadi, soʻz tarkibi, soʻz yasalishi, so'zlaming o'zgarishini o'rganish bilan esa lug'atga aniqlik kiritiladi; ular
o'rgangan so'zlaridan o'z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug'atlari faollashadi. O'quvchilar lug'ati maxsus lug'aviy-mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi. Bulardan tashqari, kinofilm va tele koʻrsatuv matnlari, o'qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o'quvchilar lug'atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi. Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qoʻllanmadir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ,,Imlo lug'ati" mavjud. O'qituvchi ma'lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug'atlardan (o'zbek tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug'atlaridan, turli terminologik lug'atlardan) muvaffaqiyatli foydalanadi. So'z ma'nosini tushuntirish Soʻzlarning ma'nosini tushuntirish oʻquvchilar lug'atini boyitadi, nutqini o'stiradi. Boshlang'ich sinflarda oʻqitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim boʻlgan so'zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma'nosini tushuntirish mazkur soʻz anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma'nosini tushuntirish bilan o'quvchilar predmet keng ma'noda qo'llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe'l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi. mavzusidan oʻquvchilar diqqatini