uchadigan ko'zi o'tkir qush; mesh-mol terisidan tikilgan idish; guidon gul solib qo'yiladigan idish va boshqa. Ba'zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn - bir vaqtning o'zida donni o'radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xoʻjalik mashinasi; ekskavator bir vaqtning o'zida erni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo'nadigan joy va hokazo. 6. So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan,yantoq suvsiz joyda oʻsadigan ninasimon tikanli oʻsimlik; akula - okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq. 7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlaming ma'nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega boʻlgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi. Xulosa qilib aytganda, so'z ma'nosini tushuntirish ustida ishlash oʻquvchilar lug'atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi. Ko'chma ma'noda ishlatilgan obrazli so'zlar va badiiy nutq birliklari matn o'qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma'nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar oʻqilganda, undagi allegorik, koʻchma ma'noda ishlatilgan so'zlarni asami oʻqishdan oldin yoki o'qish jarayonida tushuntirib bo'lmaydi.
Mavzu: Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi. TDTS asosida dars maqsadi: 1) O’quvchilarning mavzu yuzasidan o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash. 2) O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, hunar egallashga rag’batni oshirish 3) O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini oshirish.