elementi alohida ahamiyat kasb etadi. Tanamizdagi temirning 57 % qizil qon tanachalaridagi
28
bo‘ladigan kamqonlilik tufayli, o‘z navbatida, bir qator xastaliklar yuz beradi. Bunga
termoregulyasiyaning buzilishi, oshqozon shirasida kislotalilikning
pasayib ketishi asosiy
oziq moddalarning hazm bo‘lishini olib boradigan amilolitik, lipolitik va proteolitik
fermentlar
faolligining
kuchsizlanishi,
oshqozon
va
ichaklar
shilliq
qavatining
atrofiyalanishini olish mumkin. Ushbu holatlar iste'mol qilingan ovqatlar tarkibidagi
karbonsuv, oqsil va yog‘larning hazm bo‘lishini yomonlashtiradi. Bu holat ishtahaning
pasayib ketishi ovqat yegandan keyin qayt qilish, bo‘r, loy kabi yot moddalarni iste'mol
qilishga moyillik paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada kamqonlilik tufayli kuchsizlanib
qolgan organizm ovqatni yaxshi hazm qila olmaslik tufayli yanada darmonsizlanadi. Bunday
paytlari tanadagi temir taqchilligini oqilona ovqatlanish va tegishli davolanish yo‘llari bilan
bartaraf qilish maqsadga muvofiqdir.
Mis organizmda qon hosil bo‘lishida, xususan, qizil qon tanachalari hamda
gemoglobin hosil qilishda ishtirok etadi. U organizmga kirgan anorganik temirni organik
bog‘langan
temirga aylantiradi, uning ko‘mikka o‘tishiga va eritrotsitlarning yetilishiga
yordam beradi. Mis bundan tashqari, oksidlovchi fermentlarning zarur tarkibiy qismi bo‘lib
hisoblanadi va to‘qimalarda kechadigan gazlar almashinuvi jarayonida bevosita ishtirok etadi.
Mis temirdan keyin qon hosil bo‘lishida faol qatnashuvchi biomikroelement hisoblanadi. Oziq
moddalar bilan organizmga kirgan temirning o‘zlashtirilishida, retikulotsitlarning
eritrotsitlargacha pishib yetilishida misning ahamiyati juda katta. Yana mis bir qator
fermentlarning (masalan, sitoxromoksidaza) faolligini oshirishda qatnashadi. Misga bo‘lgan
tanqislik ikki xil yo‘l bilan yuzaga kelishi mumkin, birinchidan iste'mol qilinadigan ovqat
tarkibida misning yetarli darajada bo‘lmasligi va ikkinchidan oshqozon-ichak tizilmasida
uning yomon so‘rilishi uchun sharoit yuzaga kelishi. Mis yetishmaslik holati ko‘pincha yosh
bolalarda uchraydi, bu holat kamqonlikka va qon tarkibida eritrotsitlar hamda gemoglobinning
kamayib ketishiga olib keladi. Mis oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, to‘qimalarning ichki
nafasida ishtirok etadi. Mis eritrotsitlar tarkibida topilgan,
organizmning tashqi muhit
omillarining zararli ta'siriga immunobiologik turg‘unligi va qarshilik ko‘rsatish qobiliyatining
oshishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Shuningdek u fotosintez jarayonida va o‘simliklar
tomonidan azotning o‘zlashtirilishida, qand, oqsillar, kraxmal va vitaminlarning sintezida
ishtirok etadi (3, 4, 7, 13, 23, 24, 37, 43, 44, 46, 49, 51).
Mis juda kam miqdorda barcha to‘qimalarda uchraydi. Uning eng ko‘pi jigarda bo‘lib,
3-5 mg/% ga yetadi, qon plazmasida, boshqa to‘qimalardagi kabi, 0,1mg% mis bor. Sut
emizuvchi hayvonlarning yangi tug‘ilgan bolalari jigarida ko‘p oylar davomida ularning
29
ehtiyojini qoplaydigan mis zahirasi bo‘lganidan organizm bu elementning ovqat (sut) bilan
kiritilishiga unchalik muhtoj bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda mis kam bo‘lishi va o‘simliklarda ham
uning miqdori kamayib, hayvonlarni yetarli ta'min eta olmasligi ma'lum. Mis yetishmasligi
natijasida hayvonlar
orasida kamqonlik kasalligi, ishtaha yo‘qolib, ovqat hazm bo‘lishi
buzilishi hollari uchraydi. Bunday kasalliklar O‘zbekistonning ba'zi tumanlarida qorako’l
qo‘ylari boqiladigan yerlarda aniqlangan.
Misga bo‘lgan talab kattalarda bir kecha-kunduzda 30mkg/kg, o‘smirlarda 40mkg/kg,
bolalarda 80mkg/kg bo‘ladi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatida ham misning ishtiroki bor, bu
borada birinchi o‘rinda insulin bilan adrenalin orasidagi aloqadorlik turadi. Mis insulinsimon
ta'sir ko‘rsatish xususiyatiga ham ega.
Kobalt B
12
vitaminining (kobalamin) tarkibiy qismiga kirib, ushbu vitamin
molekulasida 1 atom kobalt bor, unga bo‘lgan taqchillik, kamqonlik (anemiya) kasalligini
chiqaradi. Bu vitamin odam, hayvon, hatto mikroorganizmlar uchun ham almashinmaydigan
komponent bo‘lganidan kobalt odamlar va barcha hayvonlar ovqat tarkibida bo‘lishi kerak.
Ammo bu mikroelementga ehtiyoj shu qadar kamki, eksperimental
sharoitda quyon yoki
kalamushlarda kobalt yetishmasligi belgilarini hosil qilib bo‘lmaydi. Ammo ma'lum
tumanlarda tuproqda kobalt kamligidan, u yem-xashakda ham yetishmay, qo‘y va
qoramollarda kobalt yetishmasligi kasalligi paydo bo‘ladi. Kamqonlik va oriqlab ketish
belgilari kuzatiladigan bu kasallik mollar yemiga kobalt tuzlari qo‘shib berilgandagina
tuzaladi. Agar kobalt in'eksiya qilib kiritilsa, uning foydasi sezilmaydi. Buning sababi B
12
vitamin ichakda mikroorganizmlar ishtirokida sintezlanishiga bog‘liq bo‘lsa kerak. Kobalt
organizmdan bo‘yrak orqali chiqariladi. Kobalt hayot uchun muhim elementlar qatoriga
kiradi. Vitamin B
12
massasining 4,5% i kobalt hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, u ichakda temir so‘rilishini yaxshilaydi va uni gemoglobin tarkibiga
kiritadi, muskul oqsillari va nuklein kislotalar sinteziga imkon beradi.
Bolaning kobaltga
bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 8 mg dan 10 mg gacha. U bir qator fermentlar faolligini oshiradi,
vitamin B
12
ning endogen sintezida qatnashadi. Sog‘lom odam sutkasida o‘rtacha 14-18 mkg
kobalt olib turishi kerak, kamqonlilik alomatlari sezilganida, bu ko‘rsatgich 50-150 mkg
gacha
ko‘tariladi. Kobaltning asosiy manbalari bo‘lib, jigar, buyraklar, sut va sut mahsulotlari,
tuxum, bug‘doy va grechka yormasi, makkajo‘xori, loviya, no‘hat, sarimsoqlar hisoblanadi.
Aniqlanishicha, qaerda tuproq kobaltga kambag‘al bo‘lsa, o‘sha yerda yashaydigan odam va
hayvonlarda anemiya (kamqonlilik) ko‘p uchraydi. Odam tanasining turli a'zolarida
kobaltning miqdori har xil, masalan, taloqda 35 mkg % jigarda 25 % mkg, muskullarda 2,3
30
mkg%, qonda 60 mkg %. Kobalt yetishmasligi soch oqarishiga ham sababchi bo‘ladi. U
tanada nuklein kislotalarning sintezlanishi uchun kerak, kasalliklardan keyin tana kuchga
enishida bu element muhim ahamiyatga ega. Kobaltning oshqozon-ichak tizimidan qonga
so‘rilishi anchagina oson kechadi. Doim o‘simlik mahsulotlari
bilan oziqlanish kobaltga
nisbatan taqchillik keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun sut, mol jigari, buyraklardan
tegishli ravishda kundalik ovqatda ishlatib turish tanani tegishli miqdordagi kobalt bilan
ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. (3, 4, 7, 11, 13, 23, 24, 27, 37, 43, 44, 46, 49, 51).
Dostları ilə paylaş: