2.1. Tekshirish ob'ektlari Kuzatuvlar Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Novqat qishlog‘ida istiqomat
qiladigan 57 nafar (shundan 30 nafari erkak va 27 nafari ayol) va Qarshi shahridagi Beklar
mahallasida istiqomat qiluvchi 63 nafar (shundan 30 nafari erkak va 33 nafari ayol) aqliy
mehnat bilan shug‘ullanuvchi 30-39 yoshlilarning kunlik ovqat ratsionidagi ayrim
mikronutrientlarning miqdori qay darajada ekanligi o‘rganildi. Tadqiqotlar 2011 yilning
dekabr oyida olib borildi. Tadqiqot ob'ekti sifatida olingan barcha tekshiriluvchilar bir xil
iqlim sharoitida qishloq va shahar joylarida doimiy yashaydigan kishilardir. Bu ularning
kunlik iste'mol taomlari tarkibidagi vitaminlar va ma'danli moddalar miqdorini tegishli
fiziologik me'yorlarga nisbatan taqqoslab o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi .
35
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Novqat qishlog‘ida istiqomat qiladigan, aqliy
mehnat bilan shug‘ullanuvchi 30-39 yoshli kishilar haqida ma'lumot