Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida



Yüklə 307,58 Kb.
səhifə7/26
tarix21.12.2023
ölçüsü307,58 Kb.
#187744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org

E vitamin ko‘payish vitamini ham deb yuritiladi, chunki uning tanada yetarli bo‘lishi
erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining faoliyat ko‘rsatishida ijobiy ahamiyat kasb etadi. E 
vitamin faqat o‘simliklarda uchraydi, hayvon tanasida u sintezlanmaydi. Hayvonlarni sintetik
yo‘l bilan tayyorlangan oziq moddalari bilan boqish natijasida ular o‘sib rivojlansa-da, nasl 
qoldirish xususiyatini yo‘qotadi. Ulardagi bu nuqsonni yo‘qotish uchun ishlatiladigan maxsus
omil yashil yaproqlar, ayniqsa, don murtagi hamda yong‘oqlardan ajratib olingan va vitamin 
E nomini olgan.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sun'iy dieta (kazein, kraxmal yoki 
saxaroza, lyard, tuzlar, baliq moyi va achitqi aralashmasi) bilan boqilgan kalamushlar
ko‘payish qobiliyatini yo‘qotib, nasl bermaydigan bo‘lib qolishgan. Kalamushlarning 
ovqatiga tabiiy mahsulotlar-donlarning murtagi, yashil yaproqlar, dukkaklilar, yong‘oq va
ayniqsa donlar murtagining moyi oz miqdorda qo‘shilganda, bunday salbiy holat bartaraf 
etilgan. Ana shu tabiiy mahsulotlardagi ko‘payish uchun zarur bo‘lgan omil ye vitamin yoki
antisteril nomini oldi. 


10



E vitamin pushtsizlik yoki bola bo‘lmaslik holatlarini tuzatishda ancha foydali 
darmondori, shuning uchun ham uni uzoq vaqtlar faqat insonning ko‘payish bilan bog‘liq
xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi degan fikr hukm surib kelgan. Hozirgi kunda ham xalq 
orasida E vitamin deganda jinsiy imkoniyatlarni kuchaytiruvchi vosita degan tushuncha keng
tarqalgan. Bu fikrning albatta asosi bor, lekin tokoferol aytilgan funksiyadan tashqari 
organizmning yana boshqa faoliyatlarida ham ishtirok etadi. Masalan bu vitamin qon
tomirlarini tromblardan (ivigan qon birikmalaridan) tozalaydi, yurak muskullari faoliyatini 
yaxshilaydi, damqisma va qandli diabet kasalligidan qutulishda yordam qiladi, hujayra
membranasining turg‘unligini ta'minlaydi, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarining oldini oladi va 
hokazo. E vitamin yordamida yurak-qon tomirlari kasalligini davolashni kanadalik olim
Vilfred Shute o‘zi ustida olib borgan kuzatuvlarida isbotladi. Kundalik ovqatida tokoferollik 
mahsulotlardan ko‘p ishlatgani uchun 80 yoshida ham 50 yoshli odamdek ko‘rinishga va
hatti-harakatga ega bo‘lgan. E vitaminning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ular 
o‘simlik yog‘larida mavjud bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan oksidlanib o‘zlaridan erkin radikallar
ajratib chiqaradigan yog‘ kislotalarining antioksidlovchisi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin 
radikallar hujayra membranasi orqali o‘tib uning ichiga shiddat bilan kiradi va u yerdagi
me'yoriy biokimyoviy jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Bu holat organizm uchun bir 
qator xavfli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Organizmda tokoferolning yetarli
bo‘lishi ana shu radikallarning hujayra membranasi orqali ichkariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayd . 
(13, 26, 28, 33, 45, 47).



Yüklə 307,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin