Qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Natijalarning e'lon qilinganligi



Yüklə 307,58 Kb.
səhifə4/26
tarix21.12.2023
ölçüsü307,58 Kb.
#187744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Qo’lyozma huquqida-www.fayllar.org

Natijalarning e'lon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy natijalari bo‘yicha 2011 va
2012 yillarda “Fan, taraqqiyot va yoshlar” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy 
konferensiyalarda 2 ta ilmiy maqola e'lon qilingan.



5

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, adabiyotlar sharhi, material 


va metodika, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosalar, amaliy tavsiyalar hamda
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning hajmi 71 bet bo‘lib, raqamli materiallar
4 ta jadval va 4 ta rasmda o‘z aksini topgan.



6

1.1. Qishloq va shahar aholisining mikronutrientlar (vitaminlar va ma'danli 




moddalar) bilan fiziologik ta'minlanishi 


1.1.1. Qishloq va shahar aholisining vitaminlar bilan ta'minlanishi
Vitaminlar- odam, hayvon va o‘simliklar organizmining hayot faoliyati uchun zarur
bo‘lgan biologik faol moddalardir. Ular organizmga asosan oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
birga kiradi. Ularning ba'zilari ichakda mikroorganizmlar ta'sirida sintezlanadi, lekin hosil
bo‘lgan vitaminlar miqdori organizmning ehtiyojini to‘la qondira olmaydi. Vitaminning 
biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi ta'sir etishidan iborat. Ular organizmda
sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni 
o‘zlashtirishiga ta'sir ko‘rsatadi, hujayralarning normal o‘sishiga va butun organizmning
rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib(koferment sifatida), 
ularning normal funksiyasi va faolligini ta'minlaydi. Oziq-ovqatda vitamin yetishmaganda
kishining, ayniqsa yosh organizmning mehnat qobiliyati pasayadi, organizm kasalliklarga 
hamda tashqi muhitning noqulay ta'siriga bardosh bera olmaydi. Vitamin yetishmovchiligiga
ovqat ratsionida vitamin kam bo‘lishigina emas, balki ularning ichaklarda so‘rilishi, 
to‘qimalarga yetkazilib berilishi va biologik faol formaga aylanishining buzilishi ham sabab
bo‘ladi va buning oqibatida me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, kolit, jigar 
kasaligi va boshqa ko‘pgina xastaliklarga olib keladi. Shuningdek, doim bir xil ovqat
yeyish(ayniqsa, tozalangan, quritilgan va konserva mahsulotlarini muntazam iste'mol qilish) 
oqibatida ovqatda vitaminlar miqdori kamayib, organizmga uglevodlarning ko‘p, hayvon
oqsili va yog‘larning kam tushishi, ovqatda yangi sabzavot va mevalar bo‘lmasligi, 
shuningdek mahsulotlarni noto‘g‘ri saqlash va ovqat pishirganda vitaminlarning parchalanib
ketishi vitamin yetishmasligiga sabab bo‘ladi. Masalan, tarkibida nikotin kislota kam g‘alla 
mahsulotlari (makkajo‘hori) iste'mol qilinganida pellagra, asosan, oqlangan guruch va mayda
tortilgan bug‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlar bilan ovqatlanganda beri-beri kasalligi 
paydo bo‘ladi va hokazo. Me'da-ichak kasalliklari-gelmintozlar, lyamblioz va boshqa
kasalliklarda ham vitamin yetishmasligi kuzatiladi (2, 19, 26, 33, 45, 47). 
Organizmning vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoji ortishiga olib keladigan omillar, masalan,
aqliy va jismoniy toliqish, ruhiy iztirb, havo haroratining past va yuqori bo‘lishi, kislorod 
tanqisligi, homiladorlik va sut emizish davrida ham(organizmga vitaminlar yetarli tushib
turganda ham) vitamin yetishmasligi kuzatiladi. 
Shu narsani ham ta'kidlash joizki, vitaminlarning fiziologik talabdan ortiq ishlatilishi
ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin(gipervitaminoz).


7
Vitaminlarni o‘rganishda ularning fiziologik faoliyati yoki kimyoviy strukturasiga 


ko‘ra guruhlarga bo‘lish qiyin. Shuning uchun eruvchanlik xususiyatiga qarab yog‘da (A, D,


E, K vitaminlar) va suvda (B vitaminlar kompleksi, C va P vitaminlar) eruvchi vitaminlar farq 
qilinadi. Dissertatsiya ishimizning keyingi bo‘limlarida yog‘da hamda suvda eriydigan
vitaminlarning fiziologo-biokimyoviy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni har bir vitamin 
misolida peshma-pesh keltiriladi(45)/



Yüklə 307,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin