vitamin (riboflavin) ilk bor sutda topilgan, shuning uchun ham uni laktoflavin ham
deb atashadi. U organizmda doimiy suratda sodir bo‘lib turadigan oksidlanish va qaytarilish
reaksiyalarini tezlashtiruvchi (katalizlovchi) fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Vitamin
B
2
ning yetishmasligi natijasida bo‘y o‘sishdan qoladi, shuning uchun ham uni o‘sish vitamini
deyiladi. Yana xarakterli tomoni shundaki, tanada u kam bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq
qavati yallig‘lanadi. Ayniqsa, og‘izning ikki burchagida teri yorilib uzoq vaqt tuzalmaydi. Til
terisi, ko‘z shilliq qavati ham yallig‘lanishi mumkin, rangli ko‘rish zaiflashadi. Bundan
tashqari riboflavin taqchilligi kamqonlilikka, sochlarning tushib ketishi, teri yuzasining
buzilishiga olib keladi. Uni ba'zan teri vitamini ham deyishadi, chunki bu vitamin yetarli
bo‘lsa, teri silliq, yumshoq, yosh ko‘rinadi.
Riboflavinning avitaminozi sut, qatiq mahsulotlarini kam iste'mol qiladigan Afrika,
Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida tez-tez uchrab turadi.
Agar bir kunda odam bir stakan sut, oz muncha suzma iste'mol qilib tursa, bu
vitaminga bo‘lgan ehtiyoj qonadi. Issiq sharoitda jismoniy ish qiladigan va shu bois ko‘p
terlaydigan, mehnat qilish jarayonida ko‘rish a'zolariga katta yuklama tushadigan
odamlarning bu vitaminga bo‘lgan talabi ancha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham bizning
serquyosh o‘lkamizda ko‘pincha mehnat faoliyati ko‘p miqdorda ter suyuqligi ajralishini
taqozo qiladigan kishilar iste'mol qiladigan oziq moddalarda riboflavin belgilangan me'yor
darajasidan biroz yuqori bo‘lishi kerak.
Riboflavin sut, pishloq, tuxum, jigar, buyraklar, dukkaklilar, grechixa tarkibida mo‘l
bo‘lib, yorug‘likka juda chidamsiz, shuning uchun bu mahsulotlarni quyosh nurida
qoldirmaslik yoki qorong‘i joyda saqlash ma'qul.