Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


§ Oliy ta’limdan keying ta’lim bosqichlari



Yüklə 156,12 Kb.
səhifə6/11
tarix01.12.2023
ölçüsü156,12 Kb.
#170593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Oliy ta\'limdan keyingi ta\'lim

2§ Oliy ta’limdan keying ta’lim bosqichlari
2.1. Doktorantura bosqichi
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi;
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;
“Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’g’risida”gi nizomning birinchi bob 2-moddasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim va doktorantura xususida quyidagicha belgilangan:
Doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
Doktorantura — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan doktorlari) tayyorlash shakli. Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining tarkibiy qismi va oliy bosqichi. Doktorantura Oʻzbekistan Respublikasi Fanlar Akademiyasi, vazirlik va idoralar tasarrufidagi ilmiy muassasalar, oliy oʻquv yurtlari va tashkilotlarda ochiladi. Obroʻli ilmiy maktablar, yetarli ilmiy salohiyat hamda zarur labarotoriya tadqiqot bazalariga va ixtisoslashgan ilmiy kengashga ega ilmiy tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar qoshida fan va texnikaning eng muhim mutaxassisliklari boʻyicha fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, respublika va uning mintaqalarida ilmiytexnika taraqqiyoti hamda ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. Doktoranturaga, odatda, himoya qilingan nomzodlik dissertatsiyaga mos mutaxassisligi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasiga kamida 50% hajmda asos boʻla oladigan, ilmiy natijalari bilan salmoqli yutuqlarga erishgan, oʻzini qobiliyatli hamda istiqbolli ilmiy yoki ilmiy-pedagog xodim sifatida namoyon qilgan, fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va xalq xoʻjaligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy muhim ilmiy muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega boʻlgan 45 yoshdan oshmagan fan nomzodlari qabul qilinadi. Doktoranturada oʻqish muddati tabaqalashtirilgan tarzda belgilanadi (1—3 yil) va u ilmiy yoki ilmiy-pedagogik ish stajiga qoʻshiladi. Idora ichida va idoralararo maqsadli doktorantura ham mavjud. Maqsadli doktoranturaga tuzilgan shartnoma asosida muassasa va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi. Doktorantura asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, yaʼni doktorlik dissertatsiyasini ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlarda himoya qilish bilan yakunlanadi. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan tegishli fan sohasi boʻyicha "fan doktori" ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2021 yil uchun 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixstisosligi bo’yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka tanlov e’lon qiladi.
Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikda oʼqish grant va toʼlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
Hujjatlar 2022 yil 15 sentabrdan – 15 oktabrgacha qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar bir yilda toʼrt marta qabul qilinadi.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi1
Maqsadli doktorantura — bir oliy ta’lim yoki ilmiy muassasa (buyurtmachi tashkilot) uchun yetishmayotgan ilmiy darajali kadrlarni boshqa muassasada tayyorlashni oʻz ichiga oladi. Maqsadli doktorantura idora ichida, idoralararo yoki davlatlararo shaklida amalga oshiriladi. Dastlabki ikki holatda tayyorlashni amalga oshiruvchi tashkilot, buyurtmachi tashkilot va doktorant oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi, davlatlararo shaklida - хalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan tartibga solinadi.
Maqsadli doktoranturaga nomzodlar buyurtmachi tashkilot tomonidan tavsiya etiladi, bir oʻringa nomzodlarning soni kamida 2 nafar boʻlishi lozim.
Idora ichida va idoralararo maqsadli doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilarga tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan izlanuvchilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda stipendiya toʻlanadi hamda ta’til beriladi.
Dissertatsiya ishi himoya qilinib, diplom olinganda yoхud tegishli ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganda doktorantura muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi. Maqsadli doktoranturani muvaffaqiyatli yakunlagan doktorantlar uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotda kamida 3 yil ishlab berishi lozim.2
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutati. Qarorda elgilangan tartibga ko'ra joriy yilning 6-12-dekabr kunlari tayanch doktoranturada tahsil olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Stipendiya quyidagi yo'nalish talabgorlariga ajratiladi:


Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)


Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
Sog‘liqni saqlash (1 ta kvota)
Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota)
A'lo baholarga malakaviy imtihonlarni topshirayotgan; xorijiy til, tarix va axborot texnologiyalari bo'yicha yuqori bilimga ega; ilmiy ishlari muntazam chop etib borilayotgan hamda dissertatsiyasining kamida 70%i tayyor bo'lgan nomzodlar stipendiyaga da'vogarlik qilishlari mumkin.
Stipendiantlarni taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali tarzda amalga oshiriladi.
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan bu yerda tanishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so‘nggi o‘quv yilida tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga ko‘ra tayinlanadi;
Yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
O‘zbekiston tarixini bilish;
Xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
Barcha malakaviy imtihonlarni “a’lo” bahoga topshirish;
Dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod ko‘rsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak);
Tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (tayanch doktoranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi.
Nomzodlarga qo'yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Stipendiyalar har yili tayanch doktorantning tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun, stipendiyaning ikki barobari miqdorida qat’iy muvofiq holda tayinlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan tayanch doktorantlarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomalari beriladi.
Guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Tanloviga hujjatlar 2021-yil 6-12-dekabr kunlari ushbu havola orqali elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Eslatma: Talabgorlarning hujjatlari platformaga tegishli oliy ta’lim muassasasi (filial), ilmiy tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan kiritilishi lozim.
Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilishga talablar darajasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida maxsus test sinovidan o‘tadilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshiradi.
“Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda quyidagicha belgilangan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so‘nggi o‘quv yilida tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlarga (keyingi o‘rinlarda - tayanch doktorantlar deb yuritiladi) - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga ko‘ra tayinlanadi.
2. Tayanch doktorantlarga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (o‘nta) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga muvofiq har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha (har bir tanlov yo‘nalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi.
3. Tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:
yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
O‘zbekiston tarixini bilish;
xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
barcha malakaviy imtihonlarni "a’lo" bahoga topshirish;
dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod ko‘rsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak);
tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (tayanch doktoranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi.
Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilishga talablar darajasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida maxsus test sinovidan o‘tadilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshiradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tayanch doktorantlar nomzodlarini ko‘rsatadigan davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, talabgorlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, o‘tkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan ekspertizadan o‘tkazadilar, dissertatsiya tadqiqotlari mavzusi bo‘yicha tayanch doktorantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, dissertatsiyaning tayyorlik darajasini, talabgorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod bo‘yicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal annotatsiyalari ikki nusxada, matnga tegishli ko‘rgazmalar bilan birga dastlabki ko‘rib chiqish uchun davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etiladi.
Ishga quyidagilar ilova qilinadi:
mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari;
ilmiy ishlar ro‘yxati;
ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan bo‘lishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.
Boshqa hujjatlar, qo‘shimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
6. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar jo‘natish uchun asos hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi tavsiyalarini har yili bir marta - dekabr oyida ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1 - 31 oktabrda qabul qilinadi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha maxsus test sinovlari 1 - 30 noyabrda o‘tkaziladi.
8. Tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori asosida amalga oshiriladi.
Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajasi hamda ma’lumotlarining belgilangan mezonlarga muvofiqligi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazish yuklanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi va agar har bir ishga ovoz berishda qatnashgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ma’qullab ovoz bersa nomzod tayanch doktorantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan o‘rinlar kvotasidan ko‘p bo‘lgan taqdirda ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun tayanch doktorantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos bo‘ladi.
Stipendiyalar har yili tayanch doktorantning tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun, stipendiyaning ikki barobari miqdorida qat’iy muvofiq holda tayinlanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan tayanch doktorantlarga "Prezident stipendiyasining sohibi" guvohnomalari beriladi. Guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali vaziyatda topshiriladi.
13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan tayanch doktorantlar tasarrufida tayanch doktorant o‘qiyotgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
14. Bahsli masalalar, ariza va shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.



Yüklə 156,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin