Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Mustaqil izlanuvchilik bosqichi



Yüklə 156,12 Kb.
səhifə7/11
tarix01.12.2023
ölçüsü156,12 Kb.
#170593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Oliy ta\'limdan keyingi ta\'lim

2.2. Mustaqil izlanuvchilik bosqichi
Mustaqil izlanuvchilik orqali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tartibi:
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutidan tashqari, mustaqil shaklida ham amalga oshirilishi mumkin.
Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchillikka magistr darajasiga yoki fan nomzodi darajasiga, yoki oily harbiy ma’lumotga, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to’grisidagi diplomga, kamida btsh yil amaliy ish stajiga ega bo’lgan, ilmiy izlanishlarga layoqati bo’lgan va muayan ilmiy yutuqlarga ega bo’lgan (ihtiro uchun patentlar, e’lon qilingan ilmiy materiallarga ega bo’lgan, ilmiy-texnologik ishlanmalarda ishtirok etgan va hokazo), belgilangan talablarga muvofiq bo’lgan shaxslar rasmiylashtiriladilar.
Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka da'vogarlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan o'rnatilgan tartibga muvofiq malakaviy imtihonlarini topshirish, dissertatsiyani tayyorlash hamda ximoya qilish maqsadida tegishli ixtisosliklar bo'yicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar institutiga ega bo'lgan OTM va ITMlarga 3 yilgacha muddatga biriktiriladilar.
Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka doktorlik dissertatsiyasi ustida mustaqil izlanishlar olib borayotgan, fan va texnikaning dolzarb muammolari hamda nazariy masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlari yuzasidan salmoqli natijalarga erishgan, shuningdek, tegishli fan va texnika sohasida chuqur bilimlarga ega bo'lgan fan nomzodlari da'vogarlik kilishlari mumkin.
Har yili 1-maygacha olimlar-faol ilmiy va ilmiy-pedaqogik faoliyat olib borayotgan fan doktorlari tomonidan doktorlik dissertatsiyalariining tavsiya etiladigan mavzulari universitet Ilmiy Kengashida ularning fan va texnologiyalarni rivojlantirishninq ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o'tkaziladi.
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qumitasi 1-iyungacha bo'lgan muddatda tagdim etilgan mavzularni ularning davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiqligi yuzasidann ko’rib chigib ularni doktorlik dissertasiyalari mavzularini tavsiya etilayotgan ma'lumotlar bazasiga kiritadi.
Mustaqil izlanuvchillik shaklida oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim olish uchun talabgorlar ma'lumotlar bazasidan doktorlik dissertatsiyalariininq mavzularini tanlashlari, tadqiqot mavzusi bo'yicha ilmiy ma'ruzani tayyorlashlari va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasini tayyorlashlari zarur.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarar OTM va ITMlarga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

  • ish joyidan tavsifnoma;

  • ma’lumotnoma (ob’ektivka);

  • oliy ta’lim yoki fan nomzodi to’g'risidagi diplomning nusxasi;

  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi tasdiqlangan nusxasi;

  • talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatiqa layoqatini aniqlash yuzasidan o’tkazilgan test sinovidan o’tganligini tasdiglovchi OAK xujjatining nusxasi;

  • ilmiy ishlari, patentlari va ilmiy hisobotlari ro'yxati;

Talabgorlar mustaqil izlanuvchilikka har yili 25 dekabrgacha, mutaxassislik bo’yicha suhbat natijalari va tegishli kafedra xulosasi bo’yicha oliy ta’lim muassasi rahbarining buyrugi bilan, shuningdek ta’limning o’rnatilgan oldingi darajasida chet tili bo’yicha imtihon natijasi bo’icha rasmiylachtiriladi.
Mustaqil izlanuvchilar rasmiylashtirilgandan keyin bir oylik muddatda ilmiy maslahatchisi bilan kelishilgan holda doktorlik dissertasiyasini tayyorlashning yakka tartibdagi shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash uchun oily ta’lim muassasi ilmiy kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadilar.
Mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari uch oylik muddatda muassasa Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Shaxsiy ish rejalarini muvaffaqiyatli yakunlagan va Nizomning tegishli talablarini bajargan mustaqil izlanuvchilar Ixtisoslashgan kengashlarda dissertatsiya himoyasiga ko'yiladilar. Shaxsiy ish rejani bajarmayotganlar esa mustaqil izlanuvchilar safidan qayta tiklanish huquqisiz chetlashtiriladilar.
Bir nechta muassasaga bir vaqtning o’zida mustaqil izlanuvchilikka yo’l qo’yilmaydi.
Katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o’qigan, biroq dissertasiya himoya qilmagan shaxslarga mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga ruxsat berilmaydi.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajaga ega boʼlganlar;

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan soʼng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qiluvchi ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish.

“Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi nizomning 2,3,4,5chi moddalarida quyidagicha belgilab qo’yilgan:
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-iyuldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq attestatsiya ishlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va izlanuvchilarga falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini berishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi SP, 2012-yil, 12-son, 90-modda) 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Monografiyada oʻquvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mustaqil oʻqish asosida egallangan bililmlarni amaliyotga tatbiq etish hamda muayyan adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishda muhim oʻrin tutuvchi pedagogik texnologiya va ta‟lim metodlarining samarali jihatlari yoritiladi. Undan oliy oʻquv yurtlari filologik ta‟lim yo'nalishi bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari, mustaqil izlanuvchilar, umumiy oʻrta ta‟lim maktablari adabiyot oʻqituvchilari sinfdan tashqari oʻqish va fakultativ mashgʻulotlarini tashkil etishda, badiiy asarlar tahlilida foydalanishlari mumkin.

Yüklə 156,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin