2§ bo’yicha xulosa Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.
Xulosa “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi” 41-moddasida ta’kidlanganidek, “har kim bilim olish xuquqiga ega”
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanitirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq (demokratik) fuqarolik jamiyati qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 1997 yil 29 avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Majlis X sessiyasida “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzuida nutq so‘zladi.Shu sessiyada “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilindi. U 5 bo‘lim 34 moddadan iboart. Shuningdek, sessiyada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham qabul qilindi.
Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” “Ta’lim to‘g‘risi”dagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishda har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar ixtisosligini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlash kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: «Ta’lim to‘g‘risi»dagi Qonunni joriy etishni; yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hayotga joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’limotni ishlab chiqishni; o‘quv yurtlarini attestasiyadan o‘tkazishni va akkreditasiyalashni; yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.