Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 156,12 Kb.
səhifə1/11
tarix01.12.2023
ölçüsü156,12 Kb.
#170593
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Oliy ta\'limdan keyingi ta\'lim




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM ” KAFEDRASI

____________________________” FANIDAN




KURS ISHI

Mavzu:____________________________________________________________


__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Bajardi:____________________________________________________________
(talabaning ismi-sharifi, otasining ismi)
__________________________________________________________________
(fakultet, bakalavriat yo’nalishi, kursi, guruhi)
Ilmiy rahbar: _______________________________________
(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)
SHAHRISABZ – 2023
Mundarija
Kirish……………………………………………………………..3
Asosiy qism
1§ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim umumiy qoidalari
1.1. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo’yicha yangi tartiblar…………….7
1.2. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlararo uzviylik……………...12
1§ bo’yicha xulosa…………………………………………………….20
2§ Oliy ta’limdan keying ta’lim bosqichlari
2.1. Magistratura bosqichi………………………………………….......22
2.2. Doktorantura boshqichi……………………………………………33
2.3. Mustaqil izlanuvchilik bosqichi……………………………………38
2§ bo’yicha xulosa…………………………………………………….43
Xulosa………………………………………………………….45
Yangilik………………………………………………………..47
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………….48

Kirish
Ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo’nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va pedagogikasi, shuningdek, jahon xalqlari pedagogikasining ilg’or yutuqlari asosida ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirish, shu maqsadda o’qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va uni har tomonlama rag’batlantirish, bilim va ko’nikmalarining puxtaligini ta’minlaydigan zamonaviy didaktik vositalar qo’llashni keng ko’lamda yo’lga qo’yish, shu asosda ta’lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo’ldi.
Bugungi kungacha o’tgan davr mobaynida O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga va uning taraqqiyot istiqbollariga mos keladigan ta’lim tizimini tashkil qilishga olib keldi. Unda quyidagilar ko’zda tutilgan:
- ta’lim tizimini bozor iqtisodiyotiga va ochiq jamiyatga qayta yo’naltirish;
- aholining turmush farovonligini oshirishning zarur sharti sifatida ta’lim olish uchun teng imkoniyatlar yaratish;
- ta’lim xizmatlarining barqaror va sifatli ko’rsatilishini ta’minlash maqsadida ta’lim sohasini moliyalashtirish tizimini yaxshilash hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
- ta’lim sektorining boshqaruvini takomillashtirish.
O’zbekistonda davlatning bu sohadagi siyosati va Ta’limni isloh qilish Konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z aksini topdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. 1-bosqich – 1997-2001 yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo’shimcha ravishda 65 milliard so’m mablag’ sarf qilindi.
Bu bosqich kadrlar tayyorlash dasturining moddiy-texnik ba’zasini yaratish davri deb nomlandi. 2-bosqich – 2001-2005 yillarni o’z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. Bu bosqich Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi deb nom oldi. 3-bosqich – 2005 yildan boshlanib, undan keyingi yillarni ham o’z ichiga olmoqda. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosi yakuniga etkazilib, erishilgan natijalar, to’plangan tajribalar umumlashtirilib, tahlil etilmoqda hamda shu asosda yurtimizda yangi ta’lim tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Shu boisdan bu bosqich ta’lim tizimini modernizatsiyalash davri deb atalmoqda.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’ygan:
- ta’lim tizimida kadrlarning salohiyatini har tomonlama takomillashtirish hamda o’qituvchilar, ustozlar va ilmiy xodimlarning professional nufuzini oshirish;
- ta’lim tizimini tarkibiy qayta qurish, ta’lim va professional dasturlarni tubdan o’zgartirish, ta’lim, fan, texnologiya, iqtisodiyot va madaniyat sohasidagi jahon yutuqlariga tayanish;

- majburiy o’rta umumta’lim, o’rta maxsus, professional ta’lim va tarbiya tizimiga o’tishni ta’minlash.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturining O’zbekistonga xos eng muhim xususiyati – yangi turdagi 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga oshirildi. Zamonaviy o’quv va ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar barpo etildi, yangi ta’lim standartlari va axborot texnologiyalari, interaktiv usullar o’quv jarayoniga tatbiq etildi.
Oliy ta’limda bakalavriat va magistratura tizimi joriy qilindi. jahon standartlariga xos oliy ta’lim tizimiga o’tildi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning so’zlari bilan aytganda “Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g’ayrat-shijoatli shaxslarni, o’z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma’naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin”.
Ta’lim tizimi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni bilan belgilangan bo’lib, maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta, o’rta maxsus va professional ta’lim, oliy professional ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim shakllarida tashkil qilindi.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi maktablar, kasb-hunar kollejlarida ta‘limida qo‘llaniladigan dars va mashg‘ulotlar shakllari, metodlarini aosiy mohiyati va kasb–hunar kollejlarida olib borilayotgan o‘qitish tizimini amaliy o‘rganish. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan:
 Amaliy mashg`ulotlarni tashkillashtirish;
 Seminar mashg`ulotlarini shakllantirish;
 Labaratoriya mashg`ulotlari;
 o‘qitish tizimida texnologiyalardan foydalanish.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Kurs ishi mavzusini o‘rganishda qator manbalarni, monografiyalar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalardan va o‘quv qo‘llanmalari asosiy o‘rinni egallaydi.
Bundan tashqari internet manbalari va yozilgan ilmiy ishlar mavzuni ochib berishda yordam beradi.
Mavzuning obyekti sifafita O`quv dargohlarida xuxusan maktablar, kasb-hunar kollejlari va oliy ta`lim muassasalarida amaliy, seminar va labaratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish metodlari, bu haqda yozilgan ilmiy kitoblar, monografiyalarni o`rganish va tahlil qilish.
Mavzuning predmetini Dars mashg`ulotlarini tashkil qilish metodologiyasi, rivoijlanish bosqichlari, yangiliklari, maqsadi va vazifasi tashkil etadi.

Yüklə 156,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin