Mavzuning tuzulishi: mavzudagi ushbu kurs ishi, kirish qismi, 2 ta bob, asosiy qismdagi 5 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1§ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim umumiy qoidalari Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo’yicha yangi tartiblar
1999-2000 yilgi o’quv yilidan boshlab umumta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o’qitish jarayoni yangi o’quv rejalari va dasturlari asosida olib borilmoqda. Yangi turdagi bilim yurtlari – akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tarmog’i kengaytirilib, yangilari ishga tushirildi. Oliy ta’lim tizimida mutaxassislarni tayyorlashning ikki bosqichli tizimi bakalavriatura yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari joriy qilindi.
Oliy ta’lim O’zbekistonda davlat tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari tizimi orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida ikki bosqichli oliy ma’lumot beriladi: kamida 4 yil muddatli bakalavriat va kamida 2 yil muddatli magistratura. Bunday tizim oliy ta’limning moslanuvchanligi, turli bosqichlarda tanlangan maqsad va vazifaga muvofiq ta’lim yunalishi va mutaxassisliklarni tanlab olish imkonini beradi. Ikki bosqichli oliy ta’limning joriy etilganligi O’zbekiston oliy ta’limining jahon ta’lim makoniga kirib borishini ta’minlamoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oliy va o’rta marta maxsus vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori muhokama uchun joylashtirildi.
Qaror loyihasiga ko’ra, oliy ma’lumotga ega bo’lgan bakalavr, magistr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bo’lgan shaxslar bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha shartnoma (to’lov-kontrakt) asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olishi mumkin bo’ladi.
Yangi qaror loyihasida oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlarga ham ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish imkoniyati beriladi. Abituriyent qabul komissiyasiga boshqa hujjatlar bilan birga oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma — O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) taqdim etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim kunduzgi, shuningdek, sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Bunday huquqqa ega oliy ta’lim muassasalari ro’yxati tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirlik va idoralar tavsiyasi asosida O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim yo’nalishi bo’yicha talab qabul kvotasidan ortiqcha bo’lganda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan qo’shimcha ravishda talabalar qabul qilishga ruxsat beriladi.
Kirish sinovlaridan ta’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 7 nafar abituriyent muvaffaqiyatli o’tgan taqdirda, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi tomonidan ular o’qishga to’lov-kontrakt asosida qabul qilishga tavsiya etiladi. Imtihonlardan 7 nafardan kam abituriyent o’tgan taqdirda, ularning arizalariga ko’ra kirish sinovlari bir xil bo’lgan boshqa ta’lim yo’nalishiga o’qishga tavsiya etiladi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi ta’lim shaklda o’qish muddati kamida 3 yil. Bunda o’qish, o’quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, bakalavriat ta’lim yo’nalishining 2-kursidan boshlanadi.
“Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’g’risida”gi nizomning birinchi bobida Oliy ta’limdan keying ta’lim to’grisida umumiy qoidalar qabul qilindi. Unda:
1. Ushbu Nizom oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olishni tashkil etish va o’qish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;