Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 156,12 Kb.
səhifə5/11
tarix01.12.2023
ölçüsü156,12 Kb.
#170593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Oliy ta\'limdan keyingi ta\'lim

1§ bo’yicha xulosa
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanitirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq (demokratik) fuqarolik jamiyati qurishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. 1997-yil 29-avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Majlis X sessiyasida «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzuida nutq so’zladi.Shu sessiyada «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. U 5 bo’lim 34 moddadan iboart. Shuningdek, sessiyada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham qabul qilindi.
Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” “Ta’lim to’g’risi”dagi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishda har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar ixtisosligini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.



Yüklə 156,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin