Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlararo uzviylik



Yüklə 156,12 Kb.
səhifə4/11
tarix01.12.2023
ölçüsü156,12 Kb.
#170593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Oliy ta\'limdan keyingi ta\'lim

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlararo uzviylik

Prezidentimizning doimiy e’tibori natijasida o’tgan yillar davomida yurtimizda jahondagi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Natijada, yuksak xalqaro obro’-e’tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega Evropa va Osiyoning etakchi oliy o’quv yurtlari Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiallari tashkil etildi hamda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Ushbu oliy o’quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat huquqi kabi mexnat bozorida talabi yuqori bo’lgan mutaxassislar bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo’lmoqda.
Mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoji asosida yangi zamonaviy yo’nalishlar bo’yicha kadrlar tayyorlash ishlari boshlangani ham e’tiborga sazovordir. YUrtimiz va xorijdagi o’quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim olmoqda va o’z masalakasini oshirmoqda1. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama tajriba almashish yo’lga qo’yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda nufuzli xalqaro tashkilotlar, chet ellik taniqli ekspert va mutaxassislar, tahlilchi va kuzatuvchilar ishtirokida ta’lim sifatini oshirishga doir ko’plab simpoziumlar, konferensiya va seminarlar o’tkazilmoqda.
2012-yil Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyada ko’plab yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan ta’lim tizimi rahbarlari, 8 ta xalqaro tashkilot va ta’lim jamg’armalaridan 270 nafar vakil, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta’lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodni barkamol tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O’zbekiston tajribasini o’rgandilar. Haqiqatan ham yurtimizda faol, intiluvchan, iqtidorli va yuksak ma’naviy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo’lgan yoshlarni voyaga etkazish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
2012-yil 24-iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga ko’ra 2013-yil 1-yanvardan boshlab, qabul qilingan umumiy talab va standartlarga muvofiq, dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo’yicha oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilindi.
O’zbekistonda ilm-fanni, xususan, uni oliy ta’lim tizimida rivojlantirish yo’lida qator konseptual kamchiliklar, qiyinchiliklar mavjud edi. Birinchidan, SSSR tomonidan milliy respublikalarda ilm-fanning barcha sohalarini har tomonlama rivojlantirishdan manfaat yo’q edi, zero, bu narsa milliy kadrlarning shakllanishiga, pirovard natijada milliy o’zlikni anglash jarayoniga ta’sir etar edi. Ikkinchidan, sobiq markaz milliy respublikalarda asosan xom ashyo sohasini rivojlantirishga, asosan qishloq xo’jaligida zarur bo’lgan ilmiy ishlanmalarni tadqiq etishga e’tiborni qaratdi. Uchinchidan, oliy ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar asosan “ijtimoiy buyurtma” asosida “rivojlandi”.
1990-yilda O’zbekiston bo’yicha 44 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, ularning soni va sifatini oshirishga harakat qilindi.22 Prezidentning 1992 yil 28 fevraldagi Prezident Farmoni bilan 8 ta viloyatdagi pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi, shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli kuchlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti va boshqa eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha oliy o’quv yurtlari ochildi.
1997-yilda Oliy ta’lim tizimida 58 ta oliy o’quv yurti, shu jumladan. 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, ularda 164 ming talaba ta’lim oldi. 16 ta universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Oliy o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming professor-o’qituvchilarning 52 foizini fan doktorlari va fan nomzodlari tashkil etdi.23 Oliy o’quv yurtlarning 14 tasi texnik, 3 tasi iqtisodiy, 15 tasi gumanitar, 6 tasi pedagogik, 7 tasi tibbiy, 4 tasi agrar, 12 tasi tarmoq mutaxassisliklarini tayyorlashga ixtisoslashgandir.
Kuchli ilmiy negizga ega bo’lgan ilmiy maktablar haqida so’z yuritganda O’zbekiston Milliy universitetini alohida ta’kidlash lozim. 1990 yilda bu muasssasada 1563 nafar kishi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullandi. Ularning 116 nafari fan doktorlari, 911 nafari fan nomzodlari edi. Ilmiy-tadqiqot ishlari 1990 yilga kelib, 43 bo’lim, laboratoriya va ilmiy guruhlar tomonidan amalga oshirildi. Vaholanki, 1986 yilda ularning soni 12 ta edi, xolos. 1986-1990 yillarda universitet bo’yicha 119 ta ilmiy ishlanmalar xalq xo’jaligining turli sohalariga joriy etildi. Ulardan kelgan iqtisodiy samara hajmi 15,7 mln. so’mni tashkil etdi. SHu davr mobaynida 34 ta doktorlik, 206 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. Birgina 1990 yilda 20 ta monografiya, 25 ta ilmiy to’plam, 17 ta darslik, o’quv qo’llanmalari, 1293 ta ilmiy maqola nashr etildi.
Umuman, 1986-1990 yillarda jami 102 ta monografiya, 88 ta ilmiy to’plam, 92 ta darslik, 6588 ta ilmiy maqola chop qilindi.1990 yilning o’zida 19 ta mualliflik guvohnomasi olindi.25 1990 yilda universitetda jami 12 ta ixtisoslashtirilgan Kengash (6 ta doktorlik, 6 ta nomzodlik) faoliyat ko’rsatdi. Ularda fanning 23 ta yo’nalishi bo’yicha birgina 1990 yilning o’zida 21 ta doktorlik, 116 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. SHulardan 9 nafari xorijiy davlatlarning fuqarolari edi.
O’zbekiston Milliy universiteti “Universitetlar Evroaziya Assotsiatsiyasi” a’zosi bo’ldi. Universitetning Fizika fakulteti Rossiya, YAponiya, Germaniya, Turkiya, Isroil kabi davlatlari bilan ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Ximiya fakulteti Rossiya Fanlar akademiyasi, Belgrad, Stambul universitetlari bilan jiddiy hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib bordi.27
“Minerologiya va geoximiya” kafedrasi olimlari Rossiya Fanlar akademiyasining IGEM instituti, Ma’dan konlar geologiyasi, Petrografiya, Minerologiya va geoximiya instituti bilan 2010 yilgacha mo’ljallangan hamkorlik shartnomasi asosida ish olib bordilar.
Samarqand davlat universiteti olimlar jamoasi universitetda ishlab chiqilgan ilmiy yangilik, ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy etishda ham muayyan yutuqlarga erishdi. Bunda Biologiya, Ximiya, Fizika, Amaliy matematika va Geografiya fakultetlari ancha faol ishtirok etdilar. Birgina 2000-2002 yillarning o’zida universitetning ilmiy kutubxonasiga 100 ming AQSH dollari hajmida turli tillardagi adabiyotlar olindi.
Farg’ona Politexnika instituti olimlariMoskva Aviatsiya instituti, Sankt-Peterburg Iqtisod muhandislik, Texnologiya institutlari, Saratov davlat Texnika, Qozon davlat Energetika, Tyumen davlat universitetlari, Belgiyaning Mons politexnika instituti, Bryussel universiteti kabi nufuzli ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ydilar.
Nukus davlat pedagogika instituti professor-o’qituvchilari 2000-2002-yillarda davlat byudjetidan 3 ta loyiha bo’yicha umumiy narxi 6,3 mln. so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajardi. 2003 yilda fan va texnologiyalar markazi tanlovi g’olibi bo’lgan 8 ta mavzu bo’yicha har yiliga 21 mln. so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Birgina 2008 yilda ilmiy-tadqiqotlar hajmi 36 mln. so’mni tashkil etdi.
2011-yil 20-mayda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi va unda oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o’quv va ilmiy labaratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, ilg’or pedagogik texnologiyalar hamda o’qitish shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlar mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Qarorga binoan 2011-2016 yillarga mo’ljallangan dastur ishlab chiqildi va uni amalga oshirish uchun 277 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirildi. 2012 yil 10 dekabrda imzolangan Birinchi Prezidentimizning “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarorida chet tillarni o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan, yuksak ma’rifatli, zamonaviy fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, O’zbekistonning jahon hamjamiyati integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizimini yanada kuchaytirish nazarda tutilgan. Ushbu qarorda yoshlarni chet tillarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, uni egallashlariga zamin yaratish maqsadida 2015-2016 o’quv yilidan boshlab oliy o’quv yurtlariga qabul jarayonida kirish testlari blokiga chet tilining kiritilishi belgilab qo’yildi.
2012 yil 16-17 fevral kunlari poytahtimizdagi simpoziumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlanagan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi, unda Davlatimizning Birinchi rahbari “YUksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida ma’ruza qildi.
Xalqaro konferensiyaga dunyodagi 8 ta nufuzli xalqaro tashkilot va moliya institutlari, jumladan 48 ta davlatdan 270 nafar olimlar va mutaxassislar ishtirok etib, uzluksiz ta’lim sohasini rivojlantirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O’zbekiston tajribasini o’rgandilar. Bugungi kunda 65 ta oliy o’quv yurtining 32 tasi viloyatlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida ta’lim yo’nalishlari soni 139 tadan 195 taga, mutaxassisliklari soni 1145 tadan 1395 taga ko’paydi.
O’zbekistonda ilmiy-texnika va innovatsiya siyosatining takomillashib borishi va keyingi yillarda yanada jadalroq tus olishiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi (2006 yil, 7 avgust) va “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi (2008 yil 15 iyul) qarorlari turtki berdi. Ushbu qarorlar asosida Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 mart farmoyishiga muvofiq 2008 yilda moliyalashtirish hajmi 22476,3 mln. so’mni tashkil etdi 1751 ta loyihadan iborat fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish ta’minlandi.
2008 yilning 30 aprel – 2 may kunlari respublikada ilk marotaba “Innovatsion g’oyalar va loyihalar” yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada jami 559 ta shartnoma va protokollar imzolandi. Ularning umumiy qiymati 22119,05 mln. so’mni tashkil etdi. SHulardan 278 tasi xo’jalik shartnomalari, 281 tasi hamkorlik bayonnomalari edi. Tuzilgan 559 ta shartnomaning 109 tasi tog’-metallurgiya, neft-gaz va kimyo tarmoqlari, 42 tasi farmatsevtika va tibbiyot, 47 tasi mahsulotlarni qayta ishlash, 99 tasi energetika, yangi materiallar va qurilish, 220 tasi qishloq xo’jaligi, 10 tasi axborot texnologiyalari, 32 tasi mutaxassisliklar tayyorlash, marketing sohalariga tegishli edi.
2009 yil aprel oyida Toshkentda II Respublika innovatsiya g’oyalari, texnologiyalari va loyihalari yarmarkasi o’tkazildi. Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo’mitasi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda mamlakatimiz olimlarining Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha rivojiga xizmat qiluvchi eng istiqbolli ishlanmalari namoyish qilindi. Yarmarka davomida 13 mlrd. so’m hajmiga ega bo’lgan 300 ta shartnomalar va bayonnomalar imzolandi. Jami 600 ta yangiliklar taqdim etilgan bo’lsa, ularning 80 foizi o’zbek olimlari tomonidan so’nggi ikki-uch yil ichida yaratilgan loyihalardir.
2013-yil 24-26 aprel kunlari VI Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi bo’lib o’tdi, unda olimlar va mutaxassislar tomonidan yaratilgan yangi ishlanmalarni joriy etish bo’yicha qiymati 12 mlrd. 300 mln. so’mdan ortiq 360 dan ziyod shartnomalar imzolandi.

Yüklə 156,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin