Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 156,12 Kb.
səhifə3/11
tarix01.12.2023
ölçüsü156,12 Kb.
#170593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Oliy ta\'limdan keyingi ta\'lim

Tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
Doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
Stajyor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
Mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
Izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.
oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi o’rinlarda — Yagona elektron tizim) — oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi bo’yicha hisobotlarni shakllantirish bo’yicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga mo’ljallangan axborot tizimi.
3. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
- tayanch doktorantura;
- doktorantura;
- mustaqil izlanuvchilik;
- stajyor-tadqiqotchilik instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
4. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari huzurida fan va texnikaning muhim tarmoqlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek fan va texnologiyalarning ustuvor yo’nalishlarida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish maqsadida ochiladi.
5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni (O’zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bundan mustasno) oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o’qishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va/yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o’qishga fuqarolar bilan teng huquqlarda qabul qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida investitsiya vizasiga ega bo’lgan xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga o’qishga kirishga va ta’lim olishga haqli.
6. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoxud klinik ordinaturaga (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari bo’yicha (1997 yilgacha) olingan oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga ega bo’lish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega bo’lganlar mutaxassisligi oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosligi tegishli bo’lgan fan sohasiga muvofiq bo’lishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy ta’limdan keyingi ta’limda fanning turdosh sohalari bo’yicha olish rejalashtirilganda talabgorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o’rinlarda OAK deb ataladi) belgilagan fanlar bo’yicha qo’shimcha imtihonlar topshirishi lozim.
Shu bilan birga, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya mutaxassisliklar bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga fanning turdosh sohalari bo’yicha qabul qilinishga yo’l qo’yilmaydi – deya qonun va qoidalar belgilab qo’yildi.




    1. Yüklə 156,12 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin