Qarshi davlat


MAVZU. UKUV MOTIVATSIYASI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə8/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#179796
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Qarshi davlat

MAVZU. UKUV MOTIVATSIYASI

Reja:
1.Psixologiya fanida motivatsiya tushunchasi. Motivatsiya nazariyasi.


2.Ukuv motivatsiyasi: tushuncha va tuz il m a. Ukuv motivatsiyasi turlari
va mazmuni.
3.Ukuv motivlari turlari. Ukuv kizikishlari.
4. Ukuv motivatsiyasini urganish va uning shakllanishi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, qiziqish o‘quvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo‘nalishidir.
Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o‘quvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarida o‘z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta’limga faol munosabat namoyon bo‘ladi. Psixologiyada qiziqish-bu shaxsning o‘zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo‘lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qiziqishlar o‘quvchilar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlardir. Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga fan asoslarini durustroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. O‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o‘zi bilan shug‘ullanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug‘ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir.
O‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan o‘zini tiya olishida, unda o‘qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo‘ladigan iroda, ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi.
Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni o‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir. Ta’lim jarayonida o‘quv materialiga bo‘lgan diqqatning barqaror bo‘lishida irodaviy zo‘r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta’limda iroda o‘quvchida maktab va uyda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga tayyor turishda namoyon bo‘ladi. O‘quv materialini o‘rganish, eslab qolish va o‘quvchining irodaviy zo‘r berishiga bog‘liq. Iroda o‘quvchilarning fikrlash faoliyatlarida - masalani yechishga, qo‘yilgan savolga javob topishga va hokazolarga intilishida namoyon bo‘ladi. Ular o‘quvchilarda ko‘nikma, va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi.
Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan berilgan materialning o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bog‘liqdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zarur shartidir. O‘quv muassasasidagi ta’lim jarayonining o‘zi o‘quvchilardan irodani o‘stirish omillaridan biridir. Bunda o‘quvchilarning kundalik rejimi, o‘qish va oqilona dam olishni bir-biri bilan to‘g‘ri almashtirib turish katta rol o‘ynaydi.
Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim. Zero, bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo‘lib, unda jonli mushohadadan mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga o‘tiladi, ana shundan so‘ng obyektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘lgan narsa o‘quv materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo‘lishi bo‘lib, idrok etish jarayoni ta’limda turli formalarda o‘qituvchining og‘zaki hikoya qilishida, suhbat o‘tkazishda, ma’ruza o‘qishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatish, ekskursiyalar o‘tkazish, o‘quvchining o‘ziga darsliklar hamda boshqa ko‘llanmalarni o‘qitish tarzida o‘tishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo‘ladi.
Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir.Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni,motivlar yig‘indisi bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o‘qish motivlari "nima uchun?” "nimaga?", "kanday maksad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. O‘quv faoliyatida o‘quv motivlari o‘quvchilar tomonidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin