Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə37/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Insonparvarlik vazifasisi Shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o’z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o’rtasidagi munosabatlarni qattiqqo’llik emas, o’zaro tushunishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
YU.V.Vaselkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari sifatida tarbiyaviy, ijtimoiyhuquqiy va ijtimoiyreabilitatsion umumlashmalarni ajratadi.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo’shilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, o’quv va tarbiya jarayoniga ko’nikishini ko’zda tutadi.
Ijtimoiy- huquqiy vazifa davlatning bolalarga g’amxo’rligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa-nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o’quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
Shu bilan birga u vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:



  • falokatga uchragan bola(o’smir)larga yordam ko’rsatish. Inqirozdan chiqish yo’llarini topish, qiyin vaqtda qo’llab-quvvatlash ham muhimdir;

  • bola(o’smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o’rganish;

  • bolani o’rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili;

  • ijtimoiy pedagogning ijobiy tajribani tahlil qilish, tarqatish, targ’ib qilishga qaratilish;

  • u bola(o’smir) faoliyatini o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitish va o’z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;

  • ijtimoiy pedagog bola (o’smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug’ullanish;

  • ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o’rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim.

Ijtimoiylashuv tushunchasi. “Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi.
Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir.
XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida o’rganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi:
-sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko’proq mos tushadi, Chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan aniqlanadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo’ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o’ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro’y beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo’ladiki, Shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu Shaxsga tegishli tarzda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo’ladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o’zaro bog’liq yo’nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o’zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o’ziga xoslikni qo’lga kiritish). SHu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog’liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning xali yoshligidayoq paydo bo’ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog’liq jamiyatdagi o’z-o’zini egallashdir. Bu ehtiyoj:

  1. o’z qarashlariga ega bo’lish;

  2. o’ziga xosliklariga ega bo’lish;

v) unga tegishli bo’lgan masalalarni hal qilish, uning o’z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo’ladi.
Agar Shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari o’rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro’y beradi. SHu bilan birga bu yerda Shaxs va muhitning o’zaro ta’sir etish ham sodir bo’ladi. SHunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o’rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:

  • faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo’lga kiritish, erkin mo’ljal olish.

  • muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish.

  • anglash-Shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o’z ijtimoiy mansubligi va o’rnini anglash, o’ziga baho berishni shakllantirish.




    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin