Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə39/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Nazorat savollari





  1. Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Ijtimoiy ta’lim- tarbiya va ijtimoiy tarbiyani izohlang.

  3. Ijtimoiy pedagogikaning soxalarilari va vazifalari nimadan iborat?

  4. Ijtimoiylashuv vositalariga nimalar kiradi?

  5. Ijtimoiylashuv jarayoni.

  6. Ijtimoiy himoya nima

Adabiyotlar ro’yxati.


  1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y

  2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.: Tafakkur 2019 y

3.J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2009

3-MODUI. IJTIMOIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR.


  1. MAVZU: LLMIY TADQIQOT METODLARI: EMPIRIK VA NAZARIY. IJTIMOIY PEDAGOGIKADA ILMIY TADQIQOTNING VAZIFALARI. LLMIY TADQIQOT METODLARI TAVSIFI

Reja:



    1. llmiy tadqiqot metodlari: empirik va nazariy.

    1. Ijtimoiy pedagogikada ilmiy tadqiqotning vazifalari.

    2. llmiy tadqiqot metodlari tavsifi

Tayanch so`zlar: Metod, usul va vositalar, Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar, ishontirish va mashq qilish metodlari, talab qilish, xikoya, suxbat va baxs, jazolash va maktash, intervyu, monitoring, ijtimoiy so`rov, ekspertiza, identifikatsiya fasilitatsiya.


    1. llmiy tadqiqot metodlari: empirik va nazariy.


O`z kasbining xususiyatlarini o`rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulk-atvorini oldini olishda ularga ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbik etish muammosi ko`riladi. Bu muammoni xal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniklab olish lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotdagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to`planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o`zaro boglik faoliyati bo`lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari xaqida gapirishga xali erta. Ular xozir shakllanish boskichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o`z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda ko`llanayotgan metodlardan foydalanadi.


Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari ko`llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo`ysunuvchan xarakterga ega. Aslida xar bir metod amaliyot tomonidan to`plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orkali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo`llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulk-atvoriga, zaxiradagi usullarga bogliq. Vosita usul va metoddan ko`ra kengrok tushuncha xisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan xolatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga ko`yilgan maqsadga erishishi uchun ko`llanadigan moddiy, emotsional, akliy va boshka shartlar majmuasidir. Vositalar o`z moxiyatiga ko`ra faoliyat usullari xisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o`yin, suxbat, disput, konferentsiya, trening va boshkalar)ga yetishishi uchun ko`llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Ma’lumki, metod - bu grekcha so‘z bo‘lib, ma’lum masalalarni hal etishga qaratilgan yo‘l degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos) - bu shaxsning ijtimoiylashuviga va ijtimoiy - pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, pozitiv ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bola qamda ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir. Ijtimoiy pedagog tomonidan qo‘llaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif etiladi:

      1. Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, sotsiologik savol - javob ishlari, ekspertizadan o‘tkazish va h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h.k) kiradi.

      2. Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar, savol-javoblar, sotsiometriya), psixokorrektsiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi.

      3. Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta’limtarbiya berish metodlari) 4.Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy pedagogik

hamkorlik qilish va h.k) Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar - bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to‘planishini
ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o‘zaro bog‘liq faoliyati bo‘lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo‘llanayotgan metodlardan foydalanadi. Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo‘llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo‘ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to‘plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo‘llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga Ijtimoiy pedagogik faoliyatda qo`llaniladigan metodlar 69 bog‘liq.vosita usul va metoddan ko‘ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar – ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun qo‘llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o‘z mohiyatiga ko‘ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror - bir pedagogik maqsad (masalan, o‘yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalar)ga yetishishi uchun qo‘llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin