Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo’limlardan iborat. Bu bo’limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy amaliyoti turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish bo’yicha muayyan yondashuv va tavsiyalarni berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya falsafasi falsafa, etika, ijtimoiyogiya va pedagogika to’qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o’rganiladi. Xususan ijtimoiy tarbiya va uning vazifalari ta’rifi beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar.
Ijtimoiytarbiyaijtimoiyogiyasiijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o’rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya solohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo’lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo’llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar jamiyat tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo’llarini qidirishga asos bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasiijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ma’lumotlarini inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy sub’ektlari nima ekanligini va ular o’zaro qanday munosabatda bo’lishlarini o’rganadi.
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli Yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o’zaro munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi.
Ijtimoiytarbiyauslubiyatiijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiytarbiyamenejmentivaiqtisodiyotibir tomondan jamiyatning inson mablag’iga ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo’lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo’limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko’rib chiqiladi.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega. A.V.Mudrin bu vazifalarni 3 guruhga ajratib ko’rsatadi: nazariy, insoniylikka oid va amaliy.
Nazariy vazifaijtimoiy pedagogik bilimlarni to’plab zamonaviy jamiyatda o’rganayotgan jarayon va hodisalarining to’liq tasvirini tuzishga intilishida namoyon bo’ladi.
Amaliy vazifalargaijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo’nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog’liq. Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi:
bola (o’smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o’zaro tushunishga muhabbatni tarbiyalash;
inqirozdan mustaqil chiqib ketish maqsadini qo’yish, chiqish yo’llarini aniqlash, atrofdagilar bilan muomala qilishni o’rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash;
atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;
g’urur, mustaqillik, o’ziga ishonch hissini rivojlantirish;
bola (o’smir)da insonlar bilan oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala qilishga ishtiyoqni oshirish. Bunda ijtimoiy pedagogika o’z tarbiyalanuvchilarining Yosh xususiyatlarini bilishi zarur. SHuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq normalariga suyangan holda insonlar, Shaxs va jamiyat o’rtasidagi nizolarni yechishga o’rgatishi kerak. Bu vazifalarni yaxshilik qilish, o’z hayotini tashkil qilishni o’rgatish, o’ziga xosligi va iqtidorini tashkil qilishga rivojlantirishda o’z aksini topadi.