Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Ijtimoiy pedagogik faoliyat



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə32/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Ijtimoiy pedagogik faoliyat




Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo`lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug`aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni, shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko’rsatish.
Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z- o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o’z- o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy xayot yo’lini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi. Ta’lim o’z ichiga qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bilishi, o’z-o’zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir.
Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning Yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog’liq
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Buhgnday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko`rinishga ega. Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib, o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. - Umuman olganda, o’zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o’zlarini qay darajada Shaxs deb xisoblashlariga bog’liq. O’zaro m,.unosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Shu nuqtai nazardan inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o’zaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, o’zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim bo’lgan
ko’cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o’zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o’zgartiradi va o’z o’rnida muhit ham inson oldiga o’z talablarini qoyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo’ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqelarini egallashi mumkin. Har bir mavqe insonga muayyan talablarni qoyadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqei ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug’ma maqomlar bo’lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug’ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tug’ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o’quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha boyicha diplomga ega bo’lgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qo’lga kiritilgan maqom desak adashmagan bo’lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o’zini shu maqomdagilar holatiga ko’ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkablik jihati shundaki, 90 jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo’lmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy rollarni o’zlashtirishi mumkin. Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo’ladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o’zlashtiradi: o’g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek, bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola o’z rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog’chasi va maktabda, sport to’garagida tengqurlari bilan muomala qilganda, bola jamoa a’zosi, o’rtoq, do’st, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola Yoshligidayoq o’zlashtirishi lozim. Yana bir muhim ijtimoiy rol-o’z vatani fuqarosi bo’lish, uni sevish, u bilan faxrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. Shu bilan birga bola o’zlashtirishi mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlang’ich kasbiy bilim yurtlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi, tilanchi rollarini misol qilsak bo’ladi. Katta shahar ko’chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o’g’irlik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo’lga kiritishi, muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishi sodir
bo’ladi. Anglash sohasida o’z “Men”i obrazini shakllantirish, o’zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o’rnini anglash roy beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin