Ijtimoiy-pedagogik kategoriyalar.
Har bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`lik, ravishda o`zgaradi.
Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “Shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan.
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari
Pedagogika
|
Ijtimoiy pedagogika
|
· ta'lim
o`qitish
tarbiya
pedagogik faoliyat
|
ijtimoiy ta'lim
o`qitishning ijtimoiy jihatlari
ijtimoiy tarbiya
ijtimoiy pedagogik faoliyat
ijtimoiylashuv
ijtimoiy institut
ijtimoiy adaptatsiya
ijtimoiy reabilitatsiya
|
Dostları ilə paylaş: |