Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq ikki yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv va individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni tashkil etadi. Inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi
sub’ekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z-o‘zini egallashidir. Bu ehtiyoj: a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish; b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish; v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi: 1.Faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish.
Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatidashakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish. Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko‘p sonlimunosabatlarimuloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyati, sport bilan shug‘ullanishi kiradi. Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, formal va noformal sanksiyalarni man etish, ruxsat berish, majburlash choratadbirlarini ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq- atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod, sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri muloqot. Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo‘llaniladi:
. go‘daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
go‘daklikdan keyingi davr-predmetlifaoliyat;
maktabgacha davr-rolli o‘yinlar;
ilk maktab davri-o‘quv faoliyati;
o‘smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
o‘spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanish jarayonida, u bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i, hamkasblari ham qo‘shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan. Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi
Gabriel Tard amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi: 1. I.P.Podlasiy tasnifi bo‘yicha: Bostirish mexanizmi, uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bo‘linadi. G‘ayriixtiyoriy mexanizm - unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir; Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z-o‘ziga hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu o‘z “Men”ini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash, o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o‘z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yadi, oqimda suza boshlaydi; Loyihalash mexanizmining mohiyatini o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni 22 saqlab qoladi. Shubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi; Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda boshqalarning xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglabolish qiyin emas; Empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo‘lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega; Intellektuallashuv mexanizmida katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Harakatlarni bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko‘p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi. 2. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi: Imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin. Eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o‘zlashtirish va o‘zaro munosabatga kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo‘lish. Taqlid - biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to‘plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir. 23 Refleksiya mexanizmi - ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va xayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi. Bundan tashqari
ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo‘ladi: 1.An’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo‘shnilar, o‘rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib, taassurotlar yordamida sodir bo‘ladi. 2. Institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni to‘plashi mumkin. Ijtimoiylashuvbolalar, o‘smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O‘rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas
Nazorat savollari
Ijtimoiy pedagogikaning vazifasi nimadan iborat?
Ijtimoiy tarbiya nima?
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat nima?
Ijtimoiy ta`limning uziga xosligi?.
Sotsium nima?
Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri haqida ma’lumot bering.