F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.
A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005
Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
MAVZU: MADANIY SOTSIUMNING BOLA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. DINNING SOTSIUM SIFATIDAGI O‘RNI. MADANIY-MA’RIFIY MUASSASALARNING BOLA RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI.
Reja: Madaniy sotsiumning bola rivojlanishiga ta’siri.
Dinning sotsium sifatidagi o‘rni.
Madaniy-ma’rifiy muassasalarning bola rivojlanishidagi o’rni
Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
Axborot – ma’naviyatning asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib moddiy tashuvchi inson miyasida joylashgan, uni his qilib bo‘lmaydi, balki mantiq yordamida bilish mumkin.
Ma’naviy madaniyat – kishilarning ma’naviy hayoti sohasi bo‘lib, ular faoliyatida amalga oshadigan kuchi va qobiliyatidir.
Ziyolilar – aholining asosan ma’naviy faoliyat bilan kasbiy shug‘ullanuvchi (hozirgi vaqtda) qismi.
Ta’lim – ma’naviyat tashkil etuvchilari ichida keng qamrovli ijtimoiy institut.
Madaniy sotsiumning bola rivojlanishiga ta’siri.
Jamiyat a’zolari uning asosiy jihatlarining tashuvchilari bo‘lgan kishilar ichki dunyolarida bir tomondan o‘zlariga tegishli, ikkinchi tomondan esa umumijtimoiylikni ifodalagan eng oddiy his- tuyg‘u, hayajon, hissiy bilish, tajriba, odatlardan tortib ruhiyatning oliy bosqichi darajalari va ko‘rinishlari qadriyatlarigacha joylaydilar. Ma’naviyat deb ataladigan ichki tuzilma kishilar moddiy borlig‘iga muqobildir. Ma’naviy hodisalar takror hosil etib turishlikni taqozo etadi. Bular tegishli sohalar qadriyatlari bo‘lib, o‘z navbatida madaniyat umumiy tizimi tarkibiga kiradilar. Madaniyat kishilarning va ular mansub bo‘lgan jamiyatning keng ma’noda olingan bilish, axloq- odob, adabiyot va san’at, falsafa, huquq, din va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Bu hodisalar mavjudligi bilan bog‘liq holda tegishli tashkilotlar va muassasalar faoliyati ham ma’naviylik kasb etadi. Barcha holatlarda bularning ma’naviy mohiyati borliq to‘g‘risidagi axborotlardan nechog‘lik xabardorligini taqozo etadi. Aniqrog‘i, jamiyatda axborotlar muayyan tarzda yig‘iladigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan soha ma’naviyat sohasidir. Inson shunday tuzilganki, u «sof holda» olingan axborotni shunchaki qayd etib qolmaydi, balki undan foydalanadi. Bu axborotning moddiy tashuvchisi miyada joylashgan bo‘lib, inson uning borligini bilsa-da, lekin his eta olmaydi. Ziyolilar alohida ijtimoiy guruhni, so‘ngroq qatlamni tashkil etadi. Ular kasbiy jihatdan asosan murakkab aqliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Ayni vaqtda, ular faoliyati ma’naviy-amaliy xarakter ham kasb etishi mumkin. Masalan, ma’naviy qadriyatlarni taqsimlash, tarqatish va iste’mol masalalari muayyan mutaxassislarning nazorati bo‘lishligini taqozo etadi. Ziyolilar – ma’naviyat yaratuvchilari Ma’naviyatning mazmuni * Ushbu paragraf falsafa fanlari nomzodi, dotsent F. Saifnazarova tomonidan yozilgan. IV bob. jamiyat hayotining asosiy sohalari. Ijtimoiy voqelikni ma’naviy-axloqiy o‘zlashtirish mavjud jamiyatda amalda bo‘lgan huquqiy, axloqiy, diniy va hokazo me’yorlar tizimi doirasida amalga oshadi. Agar huquqda bular davlat hokimiyati, jamoa tashkilotlari tomonidan belgilangan va nazorat qilinadigan, shuningdek, ilgaridan davom etib kelayotgan an’anaviy me’yorlar bo‘lsa, axloqda boshqacha tarzda mavjuddir. Unda jamiyat tomonidan kishilarning ezgulik, adolat, burch, sha’n va bularning muqobillari to‘g‘risidagi axloqiy bilimlariga muvofiq belgilanadi va jamoatchilik fikri kuchi bilan nazorat qilinadi. Dinda bulardan farqli o‘laroq ijtimoiy me’yorlar kishilarning Olamni,
shu jumladan, kishilarning o‘zini ham yaratgan xudo to‘g‘risidagi tasavvurlarga tayanadi. Ziyolilar qadimda aytarli badavlat bo‘lmagan erkin fuqarolardan, undan keyingi asrlarda bir qismi mehnatkash ommaning, shu jumladan, kambag‘al tabaqaning ham iqtidorli vakillaridan yetishgan. Bunday hol kishilik jamiyati tadrijining keyingi bosqichlarida ham garchi saqlangan bo‘lsa-da, ammo ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan katta ijtimoiy ehtiyoj tufayli ziyolilar safi tobora keng xalq ommasi vakillari hisobiga to‘lib bormoqda. Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan davlatlarda ziyolilar mavjud ko‘pchilik – O‘rta qatlamning asosiy qismini tashkil etadilar va xizmat ko‘rsatuvchi barcha sohalarda ularning soni tobora oshib bormoqda. Bunda ta’lim tizimining o‘rni, ahamiyatining qanday bo‘lishi, o‘z-o‘zidan, ravshandir. Hozirgi jamiyatda yuksak bilimli, o‘ziga ishongan, mas’ul qarorlar qabul qilishga tayyor, zamonaviy texnika va texnologiyadan zarur darajada xabardor mutaxassisni faqat maxsus tayyorlash mumkin. Masalan, Shvetsiyada bu maqsadda har bir o‘quvchiga individual yondashiladi. Mamlakat bo‘yicha har 9 o‘quvchiga bitta o‘qituvchi to‘g‘ri keladi. Yoki Germaniyada texnik ta’lim ko‘zdan kechirilsa, ma’lum bo‘ladiki, bu yerda rasman ma’lumot olish uchun 4 yildan kam bo‘lmagan vaqt ajratilgan. Lekin talabalarga chuqur mutaxassis bo‘lish uchun 6–7 yil o‘qish berilgan. Chunki firmalarga diplom egalari emas, balki mutaxassislar kerak, shunga ko‘ra talabalar vaqtni qizg‘anmasdan ixtisoslik egallaydilar. Zamonaviy ta’lim tashkiliy-huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasida eng yuksak talablar darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Endigi vazifa mas’uliyat bilan mutaxassislar tayyorlashdan iborat. ikkinchi bo‘lim. jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli