3. Madaniy-ma’rifiy muassasalarning bola rivojlanishidagi o’rni
Tobora rivojlanib chiroy ochib borayotgan O‘zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash bizga, endi yetishib chiqayotgan kadrlar zimmasiga mas’uliyatli va sharafli ishni, ya’ni bola tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yuklatildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagi, davlatimizning buyukligini tasavvur etganining natijasiga ko‘ra ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish, buning uchun pishiq-puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar talab etar edi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish uchun Prezedentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2019-yil 19-martda ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning 1-yo‘nalishiga asosan yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish musiqa fanining yangi davr talablari asosida o‘qitilishini ta’minlash, xalqimizning nomoddiy meroslarini avlodlarga yetkazish, milliy turizmni yanada rivojlantirish, shuningdek, xalqlar orasida do‘stlik, madaniy aloqalarni mustahkamlash oliy ta’lim muassasasi talabalari, bo‘lajak pedagoglar
zimmasiga, shuningdek, ta’lim muassasasalarida faoliyat olib borayotgan ustoz-murabbiylar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi asosida ishlar amalga oshiriladi. «Bolajon» tayanch dasturi maktabgacha ta’lim bilan shug‘ullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo‘lgan tayanch dastur hisoblanadi. Tayanch dasturining pirovard natijasi maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan, aqlan, ma’nan yetuk bolalarni tayyorlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim- tarbiya tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2020 – 6- noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalari chora- tadbirlari to‘grisidagi PF – 6108 – sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida «Ilk qadam» tayanch dasturi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni quyidagi 3 yo‘nalishda ishni amalga oshirilishini belgilab beradi: 1. Bolalarni jismonan rivojlantirish. 2. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish. 3. Bolalarni ma’nan rivojlantirishdir. «Bolajon» tayanch dasturi bolalarni ma’nan rivojlanishida aynan musiqa mashg‘ulotlarda bolani aqlan, jismonan va ma’nan yetuk qilib tarbiyalash ko‘zda tutiladi. Hozirgi kelajak avlodni tarbiyalashda san’at muhim o‘rin tutadi. San’at insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida uning hissiyotini o‘stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida g‘amxo‘rlik qilar ekanmiz, san’at bilan muomala qilishdan hosil bo‘ladigan his-hayajondan uni o‘z hayoti va faoliyatida foydalana olishga o‘rgatishimiz kerak. Shuni hisobga olganda musiqa orqali tarbiya berish estetik tarbiya tarmog‘ining ajralmas qismi hisoblanib, bolalarda yoshlik chog‘idan idrok etish, his etish, turmush va san’atdagi go‘zallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi va shu kabi go‘zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Unda badiiy-ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog‘i kerak, Ayniqsa, bolalar bilan musiqiy ish olib borish katta ahamiyat kasb etadi. Omma orasida musiqiy targ‘ibot olib bormay turib, to‘laqonli natijalarga erishib bo‘lmaydi. Musiqiy tarbiya bolalarda erta yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional histuyg‘u uyg‘otadi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o‘sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini rivojlantirmay ularning musiqaga mehrmuhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, ma’naviy boy shaxsni shakllantirib va boshqa ijobiy sifatlarini tarbiyalab bo‘lmaydi. Musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqiy rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra musiqani idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalari bilan bog‘liq umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Ma’lumki, bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatlarga jalb etish, badiiy musiqaga nisbatan estetik idrok etishni va emotsional o‘zlashtirishni rivojlantirish, muhabbatni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarini o‘stirish, musiqiy didni shakllantirish, qisqasi bolalarning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorini rivojlantirish kerak. Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqiy asardan o‘rinli foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrofimizdagi dunyo va undagi go‘zalliklarni idrok etishga bevosita bog‘liqdir. Shu borada musiqa mashg‘ulotlari mazmuni bolalar tomonidan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo etadi. Bulardan tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg‘ularida ijro etish jarayonida bolalar ijrochiligi va ijodkorligi malakalari shakllanadi.
o‘zbek milliy qo‘shiqlar va uning tarixi tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari tavsiflanganligi; - bolalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning shakl, metod va
vositalarining mazmuni, xususiyatlari aniqlanganligi bilan belgilanadi. Xulosa qilib olganimizda maktabgacha ta’lim muassasalarida badan-tarbiya mashg‘ulotlarini musiqa ostida bajarish va shu orqali g‘oyaviy-estetik tarbiyalash, bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda qo‘llaniladigan uslubiy tavsiyalar, senariylarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy- ma’rifiy ishlarda bolalarga o‘z tengdoshlari orqali ta’sir o‘tkazish usulining ishlab chiqib, joriy etish usullari taklif etilganligida o‘z ifodasini topd
Dostları ilə paylaş: |