Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.
“Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan.
Pedagogik texnologiya ikki sohada o‘z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o‘quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo‘llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi.
80-yillar o‘rtalarida pedagogik amaliyotda Sh.A.Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo‘senkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, N.Ye.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o‘quv fani professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan foydalanishi orqali o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, bahslash metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish kafolatlangan ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil qilishdir.
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko‘zda tutadi.
“Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi asosi bo‘lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog‘liq.
Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo‘lib, ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek, ijtimoiy pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko‘p.
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o‘z tuzilishiga ega ekanligiga bog‘liq. Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni
aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar yechishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko‘nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko‘nikishga yordam berishdir va boshqa maqsadlar o‘z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligi, unga yerishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir.
Keng tarqalgan va effektiv ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan biri trening hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik trening – jamoaviy ish olib borishning faol metodlariga asoslangan pedagogik ta’sirdir. Bu tashkillashtirilgan muloqatning maxsus turi bo‘lib, uning davomida shaxs rivojlanishishi, kommunikativ malakalar paydo bo‘lishi, psixologik yordam ko‘rsatish masalalari hal qilinadi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘smirlarda ichki qurilmalar almashuvi sodir bo‘ladi, bilimlar kengayadi, o‘ziga va atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
Trening mashg‘ulotlari paytida har bir o‘smirga g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. U boshqalarning yordamiga tayanishi mumkin. Shuning uchun turli muomala stillarini sinab ko‘rishi, odamlararo ishonishni o‘rganishi, avval unga xos bo‘lmagan kammunikativ malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qodir. Bu mashg‘ulotlar jamiyatda yanada faol hayotga tayyorlaydi. ijtimoiy pedagogik trening guruhining vazifasi har bir ishtirokchiga o‘zini individual vositalar bilan namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning uchun o‘z-o‘zini anglab olishi lozim.
Shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalashni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:
o‘z “men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish, ya’ni inson boshqalar chetdan kuzatish qulayligi uchun bundan foydalanadi. Bu esa o‘zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslashga ajoyib imkoniyat yaratadi.
O‘zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan ma’lumotlarni qayta munosabat asosida ishlatish. Bu atrofdoshlarning so‘zlari, his-tuyg‘ulari, xulq-atvor reaksiyalari orqali o‘ziga bo‘lgan munosabatini bilib olishga yordam beradi.
O‘zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O‘z-o‘zini baholashning bu usuli o‘z imkoniyatlari haqidagi fikrni mustahkamlaydi.
O‘zini tashqi qiyofa bahosi orqali qabul qilish.
Shaxsning rivojlanishiga imkon yaratuvchi trening maqsadlari:
ishtirokchilarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ularning boshqalar bilan faol munosabatga kirishish qobiliyatini o‘stirish.
o‘smirlarning faol ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish va o‘z hayotlarida o‘zgarish sodir eta olish qobiliyatini rivojlantirish.
v) psixologik madaniy darajasini ko‘tarish. Treningning asosiy tamoyillari:
Ishtirokchilarning o‘zaro hurmati va ishonchiga asoslangan to‘laqonli shaxslararo muomala.
Doimiy qayta aloqa, ya’ni ishtirokchi boshqa ishtirokchilar xatti-harakatlariga baho beruvchi ma’lumotlarni olishi.
O‘z-o‘ziga tashxis qo‘yish . Rivojlanishning optimallashuvi.
Aqliy va emotsional sohalarning uyg‘unlashuvi.
Trening va uning alohida mashg‘ulotlarida ixtiyoriy qatnashish. Guruh dinamikasiga yordam beruvchi guruhning doimiy tarkibi. Yakkalik.
Mikroguruhlarda ishlash imkonini beruvchi erkin hudud.
Texnologiyalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatiga joriy qilish mablag‘ni iqtisod qilish ijtimoiy pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishni ta’minlaydi, ijtimoiy pedagog oldida turgan vazifalarni hal qilishning effektivligiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog texnologiyalar ijtimoiy pedagogning keng ko‘lamdagi vazifalari- tashxis qo‘yish, ijtimoiy profilaktika, ijtimoiy adaptatsiya va ijtimoiy reabilitatsiyani yechishga yordam beradi.