10. Sanofi + Aventis, bitim miqdori – 73,5 milliard AQSH dollari 2004 yilgacha Fransiyaning Sanofi kompaniyasi Sanofi-
Synthélabo nomi ostida faoliyat koʻrsatar va xalqaro farmatsevtika
bozorini zabt etish haqida orzu qilardi. Buning uchun Fransiya
farmatsevtika bozorining yana bir ishtirokchisi Aventis kompaniyasini
qoʻshib olish lozim boʻlib, lekin bu jarayon u qadar oson emas edi.
Dastlab 47,8 milliard yevroga teng boʻlgan dushmanlarcha qoʻshib
olish operatsiyasi amalga oshmaydi, chunki Aventis kompaniyasi
direktorlar kengashi raqobatchilarining yangi taklifidan qochish
maqsadida oʻz aksiyadorlik kapitalini bir joyga toʻplashga intilardi.
Bu jarayonga Fransiya hukumati aralashgan holda har ikkala tomon
uchun foydali shartlar asosida kompaniyalarni birlashtirishni taklif
qiladi. Natijada bitim qiymati 73,5 milliard dollar boʻlgan shartnoma
amalga oshiriladi hamda Sanofi-Aventis gigant kompaniyasi tashkil
etiladi.
9. Comcast + AT&T, bitim miqdori – 76,1 milliard AQSH dollari Birlashish va qoʻshib olishlar amaliyotidagi oddiy holatlardan biri
bu butun kompaniyani sotib olishning imkoni boʻlmasa,
kompaniyaning alohida muhim bir qismini sotib olish hisoblanadi.
2001 yilda Comcast AQSH mediakonglomerati Broadband nomi
ostida faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyaning AT&T boʻlinmasini sotib
oladi va AQSH kabel televideniesi bozorining eng yirik
ishtirokchisiga aylanadi. Bitim qiymati 76,1 milliard AQSH dollarini
tashkil etgan moliyaviy operatsiya natijasida Comcast bir oʻq bilan
ikki quyonni urishga, ya’ni birdaniga ikkita muammoni hal qilishga
erishdi. Bunda birinchidan, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash va
xususiy kabel tarmogʻi geografiyasini kengaytirish imkoniyati
yaratildi, ikkinchidan bozordagi eng asosiy raqobatchisi faoliyatiga
barham berildi.