Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Qoʻshib olishdan soʻng AB kompaniyaning balans



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə68/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Qoʻshib olishdan soʻng AB kompaniyaning balans
hisoboti, xarid usuli
(million birlikda)
AB kompaniya
Aylanma aktiv 6 Qarz kapitali 18
Asosiy vositalar 30 Xususiy kapital 20
Gudvill 2
Jami 38 Jami 38
Operatsiya natijasi sifatida quyidagilarni alohida qayd etish
mumkin:
1. AB kompaniyaning umumiy aktivlari 38 million birlikgacha
koʻtarildi. A kompaniya asosiy vositalari miqdori va B kompaniya
46 Eslatib oʻtamiz, bunda nomoddiy aktivlar sifatida xodimlar yuksak malaka darajasi, yuqori
salohiyatli mijozlar bilan hamkorlik, iqtisodiy oʻsish imkoniyatlarini keltirish mumkin.
- 332 -
aktivlarining sof joriy bozor bahosi hisobiga umumiy asosiy vositalar
miqdori 30 million birlikgacha koʻtarildi (16 million birlik va 14
million birlik). Mazkur misol boʻyicha asosiy vositalarni qayta
baholash natijasida soliq hisobga olinmaydi.
2. Xarid jarayoni qoʻshimcha 2 million birlik xarajatni talab
qilgan va bu gudvill sifatida balansda aks ettirilgan.
Manfaatlarni birlashtirish
Qoʻshib olish obekti va xaridor aktivlar ulushini qayta
taqsimlash jarayonida ikkala kompaniya balanslari oʻzaro
birlashtirilishi manfaatlarni birlashtirishni anglatadi. Yuqoridagi misol
boʻyicha faraz qilaylik A kompaniya aksiyadorlariga 18 million
birlikga teng oddiy aksiyalarni taklif qilgan holda B kompaniyani
sotib olayapti. Natijada yangi AB kompaniya balansi quyidagi
koʻrinishga ega boʻladi (21.3-jadval):
21.3-jadval
Qoʻshib olishni buxgalteriya hisobida aks ettirish,
manfaatlarni birlashtirish usuli
(million.birlikda)
A kompaniya B kompaniya
Aylanma aktivlar 4 Xususiy kapital 20 Aylanma aktivlar 2 Xususiy kapital 10
Asosiy vositalar 16 Qarz kapitali 0 Asosiy vositalar 8 Qarz kapitali 0
Jami 20 Jami 10
AB kompaniya
Aylanma aktiv 6 Xususiy kapital 30
Asosiy vositalar 24
Jami 30 Jami 30
Bunda yangi kompaniya oldingi kompaniyalar aksiyadorlarini
birlashtirish natijasida tashkil etilmoqda. Mazkur jarayonda
buxgalteriya hisobini yuritish sezilarli darajada sodda, ya’ni balans
moddalari oʻzaro qoʻshiladi va yana bir alohida xususiyat hech qanday
gudvill hisobga olinmaydi.
- 333 -

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin