3-bо‘lim. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar 3.1. OTMda hamjihatlik, о‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amho’rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining о‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
3.2. OTMda о‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa a’zosining sо‘z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, о‘zaro munosabatlarda umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo sо‘zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida OTMga kelish huquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta’lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir qilish huquqini kafolatlamaydi va hokazo.
3.3. Jamoa a’zolarining OTMga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof kо‘rsatib turadigan, yelka, kо‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, tо‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari OTMga orasta bо‘lib, unga monand kiyim kiyishlari lozim.
3.4. Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma’naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a’zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo sо‘zlar ishlatishi qat’iy taqiqlanadi hamda OTMda о‘zaro “Siz”deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
3.5. OTM jamoa a’zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) sо‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bо‘lish, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq о‘z sо‘zini tugatib, boshqasi sо‘z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.
3.6.Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor-о‘qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni о‘zlaridan oldin о‘tkazib yuborishlari lozim.
3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga о‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ochiq holda kо‘rsatishi shart.
3.8. Jamoa a’zolari OTM hududida yо‘lning о‘ng tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar professor-о‘qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bо‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan qо‘l berib sо‘rashish istisno bо‘lib, yoshi kattas haxslar birinchi bо‘lib qо‘l uzatganidan keyingina unga javoban qо‘l uzatish mumkin.
3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bо‘lmagan yoki OTMning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yо‘lida foydalanish taqiqlanadi.
3.10. Kompyuterlarda OTMga tegishli bо‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi.
3.11. О‘quv mashg‘ulotlariga va ishga hamda jamoa a’zolarining osoyishtaligiga halaqit beradigan xatta-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.