Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


OTM jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga kо‘ra о‘z vaqtida kelashlari shart. 3.13



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə24/30
tarix01.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#121564
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

3.12. OTM jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga kо‘ra о‘z vaqtida kelashlari shart.
3.13. OTMda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qumor va tavakalchilikka asoslangan boshqa о‘yinlar о‘ynash qat’iyan man etiladi.
4-bо‘lim. Professor-о‘qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya
jarayonidagi о‘zaro munosabatlari
4.1. Professor-о‘qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi о‘zaro munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy an’analariga asoslanishi lozim.
4.2. Professor-о‘qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar о‘rinlaridan turib salomlashishlari, sо‘ngra о‘z joylarini egallashlari lozim.
4.3. Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.
4.4. Talaba о‘zining nojо‘ya harakatlari bilan dars mashg‘ulotlariga xalaqit bersa, professor-о‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.
4.5. Talabada professor-о‘qituvchi bilan о‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bо‘lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, ya’ni:
- professor-о‘qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki о‘zaro kelishuv bо‘yicha belgilangan vaqtda shug‘ullanishini;
- о‘zi muloqot qilmoqchi bо‘lgan professor-о‘qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.
4.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-о‘qituvchining huzuriga kelsa, umumiy yoki о‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bо‘lsa, professor-о‘qituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.
4.7. Ayrim hollarda talabalar professor-о‘qituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qо‘pollik, ta’magirlik, professor-о‘qituvchining aybi bilan mashg‘ulotlar о‘tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar) kо‘rsatilishi va u bо‘yicha guruhning yagona fikri mavjud bо‘lishi shart.
4.8. Professor-о‘qituvchi bilan talaba о‘rtasida reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bо‘lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin