mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;
elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
sanitariya va gigiyena xonalarida foydalanish qoidalariga amal qilish;
talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’iy rioya qilish.
e) sportmajmualarida:
sport majmuasiga xos bо‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bо‘lish;
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qaytib topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.
j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar о‘tkazish joylarida:
о‘rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bо‘lish;
ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;
uhlab о‘tirmaslik, о‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik.
Shuningdek:
turli davralarda о‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
OTM manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obrо‘si hamda nufuzi tо‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bо‘lish.
9-bо‘lim. Professor-о‘qituvchi va talabalarga odob-axloqida man etiladigan holatlar Professor-о‘qituvchiga:
Jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, о‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;
Jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bо‘htonlar uyushtirish;
Talabalar bilan о‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;
Talabalarni asossiz о‘quv mashg‘ulotlardan chiqarib yuborish;
о‘quv mashg‘ulotlarida tijorat reklamasi о‘tkazish;
о‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;
binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi.
Talabaga:
professor-о‘qituvchilarga qо‘pollik qilish, mashg‘ulotlar vaqtida asossiz gapirish;
professor-о‘qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;
yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professor-о‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlar qilish;
xodimlar va о‘z о‘rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;
yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, о‘zgalarga yordam kо‘rsatish;
boshqa shaxslart omonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni о‘z nomidan topshirish;
mashg‘ulotlarni о‘tkazib yuborish yoki kechikib kelish;
mashg‘ulotlar vaqtida professor-о‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;
boshqa talabaning say-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;
moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yо‘llar bilan kо‘z-kо‘z qilish qat’iyan man etiladi.