Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


-bо‘lim. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə28/30
tarix01.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#121564
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

10-bо‘lim. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlar
о‘rtasidagi odob-axloqqa doir munosabatlar
10.1. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlar о‘rtasidagi munosabatlar, о‘zaro hurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, g‘amhurlik va adolat tamoillariga asoslanadi.
10.2. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bо‘yicha hamkorlik qilishida bir tarafning boshqa tarafga tazyiq о‘tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoillariga va OTM manfaatlariga zid bо‘lgan qarorlar tayyorlanishiga yо‘l qо‘ymaydi;
10.3. Lavozim darajalari teng bо‘lgan xodimlar о‘rtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya etiladi. Lavozim darajalari teng bо‘lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni о‘z vakolatlari doirasida, ma’muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma’qullanadi.
10.4. Jamoada biror bir masala bilan mu’muriyatga murojaat qilish tartibi subordinatsiya tamoyili asosida tashkil etiladi.
10.5. Professor-о‘qituvchi va xodimning OTMda ma’naviy-ahloqiy muhitni yanada yaxshilash bо‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.
10.6. Ma’muriyat, professor-о‘qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intelektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog‘idan, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.


11-bо‘lim. Rag‘batlantirish va chora kо‘rish tartibi.
11.1. О‘quv yili davomida “Qoidalar”ga tо‘la rioya qilgan, OTMda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bо‘lim boshliqlari tavsiyasiga binoan OTM ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantiriladi.
11.2. Jamoa a’zolari ushbu “Qoidalar”ni buzganda, OTM ichki tartib qoidalarning “Intizomiy ta’sir choralari” bо‘limida keltirilgan holatlar bо‘yicha choralar kо‘riladi.
Shuningdek, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini taminlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari OTMdagi Birlashgan kasaba uyushma qо‘mitasi, “Yoshlar ittifoqi” YOIH, Xotin-qizlar va “Ota-onalar” Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a’zosining hulq-atvori tо‘g‘risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin