Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə27/30
tarix01.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#121564
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

d) talabalar turar joylarida

  • mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;

  • elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;

  • sanitariya va gigiyena xonalarida foydalanish qoidalariga amal qilish;

  • talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’iy rioya qilish.

e) sport majmualarida:

  • sport majmuasiga xos bо‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;

  • sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bо‘lish;

  • mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qaytib topshirish;

  • sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.

j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar о‘tkazish joylarida:

  • о‘rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bо‘lish;

  • ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;

  • uhlab о‘tirmaslik, о‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik.

Shuningdek:

  • turli davralarda о‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

  • doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;

  • OTM manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obrо‘si hamda nufuzi tо‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bо‘lish.

9-bо‘lim. Professor-о‘qituvchi va talabalarga odob-axloqida man etiladigan holatlar
Professor-о‘qituvchiga:

  • Jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, о‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

  • Jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bо‘htonlar uyushtirish;

  • Talabalar bilan о‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;

  • Talabalarni asossiz о‘quv mashg‘ulotlardan chiqarib yuborish;

  • о‘quv mashg‘ulotlarida tijorat reklamasi о‘tkazish;

  • о‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;

  • binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi.

Talabaga:

  • professor-о‘qituvchilarga qо‘pollik qilish, mashg‘ulotlar vaqtida asossiz gapirish;

  • professor-о‘qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;

  • yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professor-о‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlar qilish;

  • xodimlar va о‘z о‘rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;

  • yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, о‘zgalarga yordam kо‘rsatish;

  • boshqa shaxslart omonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni о‘z nomidan topshirish;

  • mashg‘ulotlarni о‘tkazib yuborish yoki kechikib kelish;

  • mashg‘ulotlar vaqtida professor-о‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;

  • boshqa talabaning say-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;

  • moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yо‘llar bilan kо‘z-kо‘z qilish qat’iyan man etiladi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin