Divizional tuzilma o‘z afzallik va kamchiliklarga ega.
Afzalliklar
Kamchiliklar
1. Bu firmani o‘sishining birdan-bir yo‘li
2. Menejerlarni yuqori darajadagi mustaqilligi ular javobgarligini oshiradi
3. Menejer bilimining kengligi
1. Faoliyatni qaytarilish ehtimoli bor
2. Turli xil bo‘limdagi mutaxassislarning etarli muloqotda bo‘lolmasliklari
3. Bosh tashkilot bilan kuchsiz aloqasi
Boshqaruvning matritsali tuzilmasi ikki xil ko‘rinishdagi tuzilmani birlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ya’ni chiziqli va dasturiy-maqsadli tuzilmalarni qo‘shish evaziga. Dasturiy-maqsadli tuzilma faoliyat ko‘rsatayotganda boshqaruvchilik ta’siri ma’lum bir maqsadli masalani xal etishga qaratilgan bo‘ladi va bu faoliyatda tashkilotning hamma zvenolari ishtirok etadi.
Oldindan ma’lum bo‘lgan maqsadni amalga oshirishdagi ishlar majmuasi mavjud bo‘ysinish ierarxiyasi bo‘yicha emas, balki dasturda bayon qilingan maqsadga erishish yo‘li bilan bajariladi. Bunda asosiy e’tibor ayrim bo‘linmalarni mukammallashtirish uchun emas balki hamma faoliyat ko‘rinishlarini integratsiyalash, maqsadli dasturni samarali bajarilishi uchun hamma sharoitni bunyod etish bo‘lib hisoblanadi. Bunda dasturlar rahbarlari ishni amalgam oshirish, joriy etish hamda boshqaruv funksiyasini sifatli bajarish, koordinatsiyalash javobgarligini o‘z bo‘yniga oladi.
Chiziqli tuzilmaga muvofiq (vertikal bo‘yicha) tashkilot faoliyatining ayrim sohalari bo‘yicha boshqaruv olib boriladi: ITTKU, ishlab chiqarish, ta’minot va sh.k.
Dasturiy-maqsadli tuzilma doirasida (gorizontal bo‘yicha) dasturni (loyihalar, mavzular) boshqarish tashkil etiladi.
Yuqoridagi sxema ko‘rinib turibdiki, tashkil topgan chiziqli-funktsional tuzilmaga alohida shtab organlari (shaxs va shaxslar guruhi) kiritilib (doimiy yoki vaqtinchalik) shu tuzilmaga xos bo‘lgan vertikal munosabatlarni saqlagan holda konkret dasturlarni (loyihalarni) bajarilishi bo‘yicha mavjud gorizontal aloqalarni koordinatsiya qilinadi. Dasturni amalga oshirishda qatnashuvchi ishchilarning asosiy qismi turli xil masalalar bilan shug‘ullanuvchi eng kamida ikkita rahbarga bo‘ysunadi.
Dasturni boshqarish dastir bo‘yicha hamma aloqani koordinatsiya qilishga javobgarlikni xis etadigan va o‘z vaqtida qo‘yilgan maqsadni amalga oshiradigan maxsus belgilangan rahbarlar ijro etishadi. Bunda yuqori darajadagi rahbarlar joriy masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishdan ozod bo‘ladilar. Shuning natijasida o‘rta va quyi pog‘onalarda aniq operatsiya va tartiblarni bajarish uchun javobgarlik ortadi va bu tariqa tashkilotdagi maxsus bo‘linmalar rahbarlari roli va obro‘si ortib boradi. Matritsali tuzilma boshqaruvida dasturlar rahbarlari o‘zlariga bevosita biriktirilmagan mutaxassislar bilan emas chiziqli rahbarlar bilan birga amalga oshiriladi. Chiziqli rahbarlar u yoki bu ishni kim va qanday qilib bajarishini xal etadi.
Matritsali tuzilma ham o‘z afzallik va kamchiliklariga ega.