Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Birinchi bosqich – tashkiliy tuzilma tahlili



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə55/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
маъруза матни Менежмент

Birinchi bosqich – tashkiliy tuzilma tahlili. Mavjud harakatdagi boshqaruv tashkiliy tuzilma tahlili u tashkilotga qo‘yiladigan qaysi talablarga bera olishi bera olmasligini belgilab beradi. Ya’ni, boshqaruv tuzilmasi sifatni belgilovchi o‘rnatilgan baholash mezonlari bo‘yicha ratsional degan savolga ijobiy javob bera olishi kerak. Baholash mezonlariga quyidagilar kiradi:
boshqaruv tamoyillari – markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan boshqaruvlararo nisbatdir (quyi pog‘onada qancha va qanday qarorlar qabul etiladi? ularning oqibati qanday? har bir boshqaruv pog‘onasida qaysi hajmdagi nazorat funksiyalari mavjud?);
boshqaruv apparati – bo‘linmalarni qayta guruhlash, ular orasidagi o‘zaro aloqaning o‘zgarishi, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, firmalararo aloqalar ko‘rinishini o‘zgartirish, boshqaruv apparatida kerakli oraliq zvenolarni bunyod etish va sh.k.
boshqaruv funksiyalari – strategik rejalashtirishni kuchaytirish (“biznes - reja”ni tuzatish), mahsulot sifati nazoratini kuchaytirish, aktsiyalarni joriy etish yo‘li bilan ishchilarni boshqaruvga jalb etish, mehnat motivatsiyasiga qarashlarni o‘zgartirish va sh.k.
ho‘jalik faoliyati – texnologik jarayonni o‘zgartirish, firmalararo hamkorlikni chuqurlashtirish, tashkilotni texnikaviy qayta yangilash va sh.k. Tahlil natijasida tashkilot faoliyatidagi “nozik jarayon”larni ajratib olish mumkin.
Ikkinchi bosqich – tashkiliy tuzilmani loyihalash. Uning usullari:
1) o‘xshash (analogiy) - o‘xshash tashkilotlardagi boshqaruv tuzilmalarini loyihalashga oid tajribalardan foydalanishni nazarda tutadi.
2) ekspertli – ekspert – mutaxassislar taklifini o‘rganishga asoslangan.
3) maqsadlarni tuzish – tashkilot maqsadlari tuzilmalarini ishlab chiqishni va uni ishlab chiqilayotgan tuzilma bilan qo‘shish. Ushbu holda boshqaruv tashkiliy tuzilmasi tizimli yondoshish asosida quriladi, ushbu tuzilmaning sifat va miqdoriy tahlili hamda uning faoliyatini asoslovchi grafik bayoni shaklida vujudga keladi.
4) tashkiliy modellashtirish – tashkiliy echimlarning hayotiy ekanligini baholash mezonini aniq shakllantirib beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, tashkilotdagijavobgarlik va vakolatlar taqsimlanishini matematik shakli, grafik va mashinaviy bayonini ishlab chiqish.
Tashkiliy tuzilmaga bo‘lgan talablar
1. Optimallik. Agar boshqaruvning eng kam sonli pog‘onasida boshqaruvning hamma pog‘onalarida zavenolararo ratsional aloqa o‘rnatilgandagina tuzilma optimal deb hisoblanadi.
2. Operativlik. Ushbu talabning mazmuni shundan iboratki, qabul etilgan qarorlarni amalga oshirishda uning keraksiz holga kelib qolishiga imkon tug‘diruvchi qaror qabul eyilganidan uning amalga oshirilguncha salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kerak emas.
3. Ishonchlilik. Boshqaruv apparatining tuzilmasi axborot uzatilishining aniqligini kafolatlay olishi, boshqaruvchi komand va boshqa uzatiluvchi ma’lumotlarni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi boshqaruv tuzilmasidagi aloqaning to‘xtovsizligini ta’minlash kerak.
4. Iqtisodchilik. Masala shundan iboratki, boshqaruvdan olinadigan samaraga eng kam sarf harajatlar bilan erishilish kerak. Buni mezoni sifatida resurslar va foydali natijalarga sarflangan mablag‘ning munosabati olinadi.
5. Epchillik. Tashqi muhit o‘zgarishiga qarab o‘zgara olish qobiliyati.
6. Boshqaruv tuzilmasining qat’iyligi. Turli xil tashqi ta’sirlar ta’sirida asosiy xususiyatlarini yo‘qotmaslik, boshqaruv tizimi va unung elementlarining bir butunligi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi mukammalligi uni loyihalashda loyihalash tamoyillariga bo‘ysunishga bog‘liq:
1. boshqaruv zvenolarining soni maqsadga muvofiq bo‘lishi va oily rahbardan ish bajaruvchigacha axborot o‘tishi uchun sarflanuvchi vaqtni imkon qadar qisqartirish;
2. tashkiliy tuzilma tarkibiy qismini aniq belgilab olish (bo‘linmalar tarkibi, axborot potogi va sh.k.).
3. boshqariluvchi tizimdagi o‘zgarishlarga tezda e’tiborni qarata olish xususiyatini ta’minlash;
4. mavjud masala bo‘yicha eng ko‘p axborotga ega bo‘lgan bo‘linmaga masalani hal etish vakolatini berish;
5. boshqaruv apparati ayrim bo‘linmalarini tashkilotni boshqaruv hamma tizimiga va jumladan tashqi muhitga moslashtirish kerak.
Shunday qilib, tashkiliy tuzilmani loyihalash jarayonida uchta bosqich belgilanadi:
analitik (mavjud amaliyotni va tashkiliy tuzilmani qurishga bo‘lgan talabni o‘rganish); loyihalash (boshqaruv tuzilmasini loyihalash (modellashtirish)); tashkiliy (loyihalangan tashkiliy tuzilmani joriy etish).

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin