Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Tashkiliy tuzilma ko‘rinishlari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə50/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
маъруза матни Менежмент

Tashkiliy tuzilma ko‘rinishlari
Tashkilot bo‘linmalararo aloqa ko‘rinishiga qarab, tashkiliy tuzilmani quyidagilarga ajratish mumkin: chiziqli, funksional, chiziqli – funksional (shtabli) va matrisali.
Boshqaruvning chiziqli tashkiliy tuzilmasi. Bu boshqaruvning sodda, oddiy boshqaruv tuzilmasi. U shu bilan xarakterlanadiki, har bir tuzilma bo‘linmalari boshida hamma vakolatlarga ega bo‘lgan va o‘ziga bo‘ysinuvchilar uchun yakka xokimlik xislatiga ega bo‘lib, o‘z qo‘lida boshqaruv funksiyasini mujassamlashtira oladigan rahbar – yakka xokim bo‘ladi.
Chiziqli boshqaruvda har bir zveno va har bir bo‘ysunuvchi bitta rahbarga ega bo‘lib, u orqali yagona kanal orqali boshqaruvning hamma komanda (ko‘rsatma) lari o‘tadi. Ushbu holatda boshqaruvchilik zvenolari rahbar faoliyatining hamma natijalariga javob beradi. Chunki ularning har biri hamma ish ko‘rinishlarini bajarib, mavjud ob’ekt boshqaruviga bog‘liq bo‘lgan qarorlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi. Chiziqli boshqaruv tuzilmasi faoliyatini baholash uchburchak ko‘rinishiga ega. Chiziqli boshqaruv tuzilmasida qarorlar “tepadan pastga” zanjirida yuborilib, boshqaruvning quyi zvenosi rahbari undan yuqori pog‘onadagi rahbarga bo‘ysunadi, shu tufayli o‘ziga xos mavjud tashkilot rahbarlar ierarxiyasi vujudga keladi (masalan, seksiya mudiri, bo‘lim boshlig‘I, magazine direktori yoki uchastka ustasi (masteri), muhandis, sex boshlig‘i, korxona direktori). Shu tarzda yakka xokimlik tamoyili amalga oshiriladi. Uning mazmuni shundan iboratki, bo‘ysunuvchilar faqat bitta rahbar farmoyishini bajarishadi. Boshqaruv yuqori organi bo‘linma boshliqlarisiz ish bajaruvchilarga u yoki bu afrmoyish bera olmaydilar, chunki boshqa boshliq “mening” boshlig‘im boshqaruvning chiziqli tuzilmasini quyidagicha ifodalash mumkin.


Natija – uchburchak tamoyili bo‘yicha boshqaruvning chiziqli tuzilma sxemasi.




Boshqaruv tuzilmasining chiziqli tashkiliy sxemasi


Rasmdan ko‘rinib turibdiki, boshqaruvning xchiziqli tuzilmasida har bir bo‘ysunuvchi boshliqqa ega, har bir boshliq esa bir necha yordamchilarga ega. Bunday tuzilma boshqaruvning quyi pog‘onasidagi (seksiya, brigada va sh. k) uncha katta bo‘lmagan tashkilotlarga oiddir.


Tashkilotni boshqarishning chiziqli tizimi ishlab chiqarish belgisi bo‘yicha texnologik xususiyatlarga, ishlab chiqariladigan mahsulotlarga qarab mujassamlashtirish darajasini hisobga olgan holda olib boriladi.
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi mantiqan ancha tartibli va rasman aniq, shu bilan birga epchil bo‘lib hisoblanadi. Har bir rahbar xokimlikni to‘liq egallagan bo‘ladi, biroq ular maxsus bilimni talab qiladigan funksional muammolarni hal etishda nisbiylikka ega bo‘ladilar.
Boshqaruvning chiziqli tashkiliy tuzilmasi o‘z ijobiy va salbiy tomonlariga egadir.
Chuiziqli tuzilmadagi jiddi kamchiliklar ma’lum bir darajada funksional tuzilma yordamida tuzatilishi mumkin.
Chiziqli tuzilmadagi kattalashmaguncha samarali harakatda bo‘lishi munkin. Firmaning o‘sishi bilan uning menejmentiga maxsus ekspertlarga qaramlik paydo bo‘la boshlaydi. Agar ekspertlar ishga tushsa, tuzilma chiziqli – shtabli bo‘ladi. Chiziqli rahbarlar bosh maqsadni amalgam oshishida javobgarlikni xis etadilar, shtabli rahbarlar esa, - ikkinchi darajali masalalarni xal etishadi. Shtab rahbarlari chiziqli rahbarlarga bo‘ysungan holda maslahatchi funksiyani bajaradilar.
Shtab rahbarlariga bo‘lgan talab tashkilotdagi funksional murakkabliklarni ko‘payishiga olib keladi.
Boshqaruvning chiziqli – funksional (shtabli) tuzilmasi.
Bunday tuzilmadagi boshqaruvda ma’lum bir jamoaga rahbarlik qiluychi chiziqli rahbar hamma javobgarlikni o‘ziga oladi. Unga (chiziqli) aniq masalalarni ishlab chiqishda va o‘ziga xos qarorlarni, dasturlarni tayyorlashda funksional bo‘limlardan iborat bo‘lgan (boshqarma, bo‘limlar, byuro va sh.k) maxsus apparat yordam beradi. Ushbu holda bo‘linmalar funksional tuzilmalari bosh chiziqli rahbarning qaramog‘ida bo‘ladi. Ular o‘z qarorlarini bosh rahbar orqali yoki(o‘z vakolati bo‘yicha) bevosita ish bajaruvchi bo‘limlar rahbarlari orqali amalgam oshiradilar.





Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin