Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Mehnatni gorizontal va vertical bo‘lish



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə47/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
маъруза матни Менежмент


Mehnatni gorizontal va vertical bo‘lish


Mehnatni gorizontal bo‘lish
Mehnatni ilmiy asosda rashkil etishning asosiy maqsadi ishchilarni ayrim ishlar (operatsiya) ko‘rinishini bajarish uchyn ixtisoslashtirish bo‘lib mehnatni bo‘lishning muvofiq shaklini bunyod etishni talab etadi. Ish mehnat jarayoni ishtirokchilariaro kasbiy belgilar bo‘yicha tarqatiladi. Malaka qanchalik to‘liq va chuqur hisobga olinishiga qarab, ish bajaruvchilar shaxsiy hissasi va mehnat samaradorligi belgilanadi. Mazmunan hamma ishni turli xil qismlarga bo‘lib chiqiladi, ya’ni umumiy ishlab chiqarish yo‘llanmasi va ish bajaruvchilarga mos tarzda taqsimlab chiqiladi.
Mehnatni gorizontal taqsimlash - bu sifatiy va miqdoriy differensiallash va mehnat faoliyatini maxsuslashtirish. Mohiyat bo‘yicha bu butun ishni tashkil qiluvhci komponentlarga ajratish. ya'ni butun ishlab chiqarish jarayonini qismlarga ajratish, mehnat faoliyati har xil turlarini ishlab chiqarish va bajaruvchilarni maxsuslashtirilgan holda uzluksiz xususiylashtirish ko‘nikmalarini yaxshiriq egallashga majbur qiladi.
Mehnatni gorizontal bo‘lish kasbiy, funktsional, malakaviy va operatsion – texnologik belgilari bo‘yicha olib boriladi.
Mehnatni kasbiy bo‘lish – bu mehnatni kasb bo‘yicha bo‘lish: hisobchi, iqtisodchi, moliyachi, inspektor.
Mehnatni funktsional bo‘lish - mazmuni bo‘yicha birinchiga yaqin bo‘lib har bir ishchi o‘zining aniq ishini bajaradi. Ushbu holatda ayrim funksiyalar ajratib olinadi va shunga muvofiq tarzda ish bajaruvchilar belgilanib oladi. Masalab, bank boshqaruvchisi umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. bo‘lim boshlig‘i bir necha odamlar ishini boshqaradi, bo‘lim inspektori o‘z obe’ktidagi funksiyalar nazoratini amalgam oshiradi.
Mehnatni kasbiy bo‘lish – bu mehnatni kasbga qarab bo‘lishdir. Masalan, bu iqtisodchilarning uch-to‘rt lavozim toifalari, oddiy iqtisodchi, birinchi, ikkinchi toifali iqtisodchi, etakchi iqtisodchi.
Mehnatni operatsion – texnologik bo‘lish yo‘nalishi aniq mehnat operatsiyalari bajarilishini chegaralagan va ixtisoslashtirilgan holda boshqaruvning konkret onlarida mehnatni konkret bo‘lish bilan bog‘liq. Masalan, qandaydir buyumni sotadigan sotuvchilarni ixtisoslashtirish, ishchi tomonidan murakkab mashinaning faqat bitta qismini ta’mirlash va sh.k.
Kichik korxonalarda biznesning asosiy funksiyalari biro dam bajaradi (tadbirkorning o‘zi). Ishning hajmi o‘sib borishi bilan tadbirkor yana odamlarni jalb etadi.
Mehnatni bunday funktsional bo‘lish boshida vertical bo‘yicha sodir bo‘lib menejmentning loaqal ikki pog‘onasini nazarda tutadi: rahbarlar va ish bajaruvchilar (qo‘l ostida ishlovchilar).
Biroq mehnatni vertical bo‘yicha (bo‘y sunish sifatida) bo‘lish cheksiz davom etolmaydi. Agar tashkilot o‘sishda davom etsa, u holda mehnatni bo‘lishning gorizontal ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Bu mehnatni ichki bo‘linish jarayoni bo‘lib, uning bajarilishi noyob mutaxassislar yordamida amalgam oshirilib yaxshi natijalarga erushilinadi. Mehnatni gorizontal bo‘lish bo‘limlarda ish hajmini oshishi evaziga xodimlar sonini oshirishni talab etadi. Mehnatni gorizontal bo‘lish vertical bo‘lishdagi kabi yuqori darajadagi bo‘ysunuvchanlikni talab etmaydi.
Menejer mehnati bo‘linishining turli xil ko‘rinishlarini paydo bo‘lishi firmada turli xil bo‘limlarni tashkil etish bilan bog‘liqdir. Ushbu jarayon departamentlash deb ataladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin