Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə48/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
маъруза матни Менежмент

Departamentlash – bu bir-biriga yaqin bo‘lgan funksiya va bo‘limlardagi aosiy ishar ko‘rinishlarini guruhlashdir. Ular korxona hamma resurslarini samarali koordinatsiya qilish maqsadida tashkil etiladi.
Mehnatni gorizontal bo‘lish odatda funktsional buyum-soxa va malakaviy belgilar bo‘yicha olib boriladi.
Mehnatni funktsional bolish eng avvalo ishchilarni faoliyatlari bo‘yicha ixisoslashtirish asosida olib boriladi. Ushbu holda ayrim funksiyalar ajratilib ularni bajarish uchun muvofiq ishchilar ajratiladi.
Buyum-soxa belgisi bo‘yicha mehnatni bo‘lish konkret mehnat operatsiyalarini bajarishda chegaralash va ixtisoslashtirish bilan bog‘liq. Masalan, qandaydir bitta buyumni sotadigan sotuvchini ixtisoslashtirish; slesarning murakkab mashinaning faqat bitta qismini ta’mirlashni amalgam oshirish va sh.k.
Mehnatni malakaviy bo‘lish mehnat jarayoni ko‘rinishlarini aniqlashda ishning murakkabligi va uni bajarish uchun kerak bo‘lgan malakaga asoslanadi. Bunday holatda birirta yuqori malakali ishchi past malakali ishchi bajaradigan ishni bajarmaslik tamoyili buzilishi kerak emas. Ushbu tamoyilning buzilishi ish tannarhini oshirib inson resurslarini parchalanishiga olib keladi.


Mehnat vertikal bo‘linish
Tashkilotdagi ishlar ko‘p qismlarga bo‘lingani uchun, ishni yaxshi ketishini ta’minlash maqsadida kimdir guruh ishini koordinatsiya qilishi kerak. Ushbu holda birinchi navbatga tashkilotning hamma elementlari faoliyatini maqsadli yo‘naltirilgan tarzda koordinatsiya va integratsiyalash masalasi ko‘tariladi. Kimdir o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar vazifalarini aniqlash, tashkilot tuzilmasi va zvenolarini ishini nazorat qilish, koordinatsiya va tashkil etishni o‘z zimmasiga olishi kerak. Bunday ishda albatta ikki moment mavjud bo‘ladi: intellectual (echimni tayyorlash va qabul qilish) va erkinlik (hayotga tadbiq etish).
Eng murakkabi boshqaruv echimini hayotga tadbiq etishdek mehnat faoliyati bo‘lib hisoblanadi. Bu avvalo boshqaruv ishlarining turli-xilligi va ko‘pligi bilan shartlanadi. Ana shu ishlarni tartibga keltirish uchun obe’ktlar bo‘yicha klassifikatsiyalanadigan, boshqaruv ta’siri yo‘nalishi, mehnat jarayoni bosqichlariga oid ayrim funksiyalarni bajarilishini ma’lum tizimga keltirib olish kerak.
Mehnatni vertikal bo‘lish quyidagi yo‘llanmalarga olib boriladi:
 Umumiy rahbarlik – hayotga tashkilot faoliyatining eng asosiy istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tadbiq etish.
 Texnologik boshqaruv – progressive texnologiyani ishlab chiqish va tadbiq etish. Bu boshqaruvning zamonaviy usullari, ishlab chiqarishni kompleks mehanizatsiyasi va avtomatlashtirish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini ratsionalizatsiyalash bo‘lib hisoblanadi.
 Iqtisodiy boshqaruv – tashkilot iqtisodiy faoliyatini strategik va taktik rejalashtirish, tahlil etish, ho‘jalik hisobida ishlashga o‘tish va uni rentable holatda ishlashini ta’minlash.
 Operativ boshqaruv – operativ rejalarni tuzish va mikrojamoa hamda ayrim ish bajaruvchilarga etkazish, ish bajaruvchilarni ish o‘rinlariga joylashtirish va ularni ishlash qonun-qoidalari bilan tanishtirish, ishlab chiqarish jarayonining borishini doimiy nazorat qilib boorish.
 Personalni (xodimni) boshqarish – tashkilot mehnat resurslarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rivojlantirish.
Shunday qilib, tashkilotda mehnatni bo‘lish (taqsimlashning) ikkita ichki shakli mavjud. Birinchisi mehnatni umumiy faoliyat qismini tashkil etuvchi qismlar ya’ni, mehnatni gorizontal bo‘linishi. Ikkinchisi vertical bo‘lib harakatning o‘zidan kelib chiquvchi faoliyatini koordinatsiyalash. Boshqa odamlar ishini koordinatsiya qilish boshqaruv mazmunini anglatadi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin