Chiziqli – funksional (shtabli) tashkiliy tuzilma sxemasi
Shunday qilib, chiziqli funksional tuzilma o‘z tarkibiga chiziqli rahbariyatidagi tashkilot masalalarini bajarishga yordam beruvchi bo‘linmalarni qamrab oladi. Chiziqli funksional tuzilma ham o‘z avfzallik va qiyinchiliklariga ham egadir.
Afzalliklar
Kamchiliklar
1) ishchilar mutaxassisligi bilan bog‘langan qaror va rejalarni chuqurlashtirilgan holda tayyorlash
2) bosh chiziqli menejerni muammoni chuqur tahlil qilishdan ozod qilish
3) maslahatchi va ekspertlardan foydalanish imkoni
1) ishlab chiqarish bo‘limlari aro gorizontal pog‘onasidagi quyuq o‘zaro aloqa va o‘zaro harakatlarning yo‘qligi
2) tayyorlanayotgan qaror, odatda uni joriy etilishida ishtirok etmasligi uchun aniq javobgarlikning yo‘qligi
3)vertikl bo‘yicha o‘zaro ta’sirning haddan tashqari rivojlangan tizimi jumladan: boshqaruvning ierarxiyasi bo‘yicha bo‘ysunishi ya’ni, haddan tashqari markazlashtirish
Tashkilotni boshqarishning funksional – tashkiliy tuzilmasi. Funksional boshqaruv aniq ishlar ko‘rinishini bajarishga mo‘ljallangan va chiziqli boshqaruv tizimida qaror qabul qilish uchun kerak bo‘lgan bo‘linmalar majmuasi orqali amalgam oshiriladi.
Boshqaruvning funktsional tashkiliy tuzilmasi sxemasi. Tashkilotda odatda bir xil soxadagi mutaxassislar mutaxassisligi bir bo‘lgan bo‘linmalarga (bo‘limlarga)
birlashtiriladi, masalan marketing bo‘limi, rejalashtirish bo‘limi, buhgalteriya va sh.k. shunday qilib, tashkilotni boshqarishning umumiy masalalari o‘rta zvenodan boshlab funktsional mezon bo‘yicha bo‘linadi. Shuning uchun boshqaruvning funktsional tuzilmasi degan nom kelib chiqqan.
Funktsional boshqaruv chiziqli boshqaruv bilan yonma-yon bo‘lib ish bajaruvchilar uchun ikki tomonlama bo‘ysunishga olib keladi.
Rasmdan shu narsa ko‘rinib turibdiki, hamma funksiyasini tahlil etib uni bajaradigan universal menejerlar o‘rniga o‘z soxasida katta iqtidorga ega bo‘lgan va ma’lum bir yo‘nalish uchun javob beradigan (masalan, rejalashtirish va istiqbollash) mutaxassislar shtatlari paydo bo‘ladi. Boshqaruv apparatining bunday funktsional ixtisoslashuvi tashkilot faoliyati natijaviyligini ancha oshiradi.