Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə54/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
маъруза матни Менежмент

Afzalliklar

Kamchiliklar

1)tashkilotning tez sodir bo‘lib turadigan ichki va tashqi muhitga tezda e’tibor berish va moslashish imkoni bor
2)funktsional tuzilmalar bilan faol o‘zaro ta’sirlanuvchi, dasturiy bo‘linmalarning shakllanishi hisobiga ma’muriy – boshqaruv ijodiy faolligini oshishi
3)turli xil ko‘rinishdagi mehnat faoliyatini ixtisoslashtirish evaziga kadrlardan ratsional foydalanish
4)boshqaruvni markazlashtirish va rahbarlikning demokratik tamoyillarini kuchaytirish hisobiga faoliyat motivatsiyasini ko‘paytirish
5)loyiha ayrim masalalari bo‘yicha nazoratni kuchaytirish
6)ayrim huquqlarni vakillarga uzatish hisobiga yuqori pog‘onadagi rahbarga bo‘lgan yuklanishni qisqartirish
7)dastir va uning tarkibiy elementlarini bajarishdagi shaxsiy javobgarlikni oshirish

1)topshiriqlarni belgilashda va ularni bajarish uchun ajratiladigan vaqtni taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishda paydo bo‘ladigan muammolarni kelib chiqishiga olib keluvchi bir-biriga bo‘ysunishdagi tuzilmali murakkabliklar
2)dastur rahbarlari orasidagi nosog‘lom “rux”ning ishtirok etishi
3)maqsadlar bilan bog‘liq vazifalarni boshqarishdagi kuchlar “nisbati”ni doimiy nazorat qilish kerakligi
4)yangi dastur bo‘yicha ishlash uchun kerak bo‘lgan tajribani orttirishdagi qiyinchilik

Boshqaruvning matritsali tuzilmasini bunyod etishda qisqa vaqt ichida qator murakkab buyumlarni chiqarishni tashkil etish, texnologik yangiliklarni joriy etish, bozorning raqobatiga tezda e’tiborni jalb qilish kabi muammolar bo‘lsagina u maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Tashkiliy tuzilmani loyihalash


Qachonki harakatdagi tuzilma samarasiz deb qabul etilsa, shundagina tashkiliy tuzilmani loyihalash haqida qaror qabul etiladi. Loyihalash jarayonida agar tashkilot maqsad va vazifalari to‘liq aks ettirilgandagina bunday tuzilmani loyiha etishga kirishilinadi. Gap shuni ustida ketayaptiki, yangi tuzilgan tuzilma eng afzal tarzda tashkilotning tashqi muhiti bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishiga imkon yaratadi, o‘z xodimlarining kuchini maqsadli taqsimlay oladi va shunday qilib mijozlar talabini qondiradi, o‘z maqsadlarini yuqori samarada amalga oshiradi.
Tashkiliy tuzilmani loyihalash jarayon uch bosqichdan iborat:
1) tashkiliy tuzilma tahlili;
2) loyihalash;
3) samaradorlikni baholash.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin