Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə62/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90
маъруза матни Менежмент

Aralash xolding nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug`ullanish maqsadlarida tuziladi.
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan xolding kompaniyalari quyidagi yo`llar bilan tashkil etiladi:
-yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda ularning tarkibiy bo`linmalarini mustaqil yuridik shaxs (shu’ba korxonalar) sifatida bunyod etish yo`li bilan;
-yuridik jihatdan mustaqil korxonalarning aksiya paketlarini birlashtirish yo`li bilan;
-yangi aksiyadorlik jamiyatlarini ta’sis etish yo`li bilan.
Xoldinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. Xoldingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organga boshqa hujjatlar bilan birga:
-nizom loyihasi;
-xoldingni tuzishga xohish haqida bayonnoma yoki ta’sischilar shartnomasi;
-tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya etilayotgan korxonalar ro`yxati;
-shu korxonalardan har qaysisining xo`jalik faoliyati turlari va hajmi haqidagi ma’lumotlar topshiriladi.
Agar xoldingni tuzish biror-bir mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish monopoliyasiga olib keladigan bo`lsa, bunday xoldingni tuzishga ruxsat berilmaydi.
Davlat korxonalari davlat mulki bo`lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo`lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.
Qo`shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag`lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Qo`shma korxona tuzishga hamkorlarni nima majbur qiladi? AQSH olimlari quyidagi omillarni keltiradilar:
-kapital xarajatlar hajmining qisqarib ketishi va yangi quvvatlarni barpo etishdagi xavotirlik;
-aniq geografik bozorga o`tish;
-yangi faoliyat sohasiga o`tish;
-ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xomashyo manbaini qo`lga kiritish;
-ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengaygan ligi;
tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bo`lganligi;
-mavjud marketingning samaradorligi oshganligi;
-takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati;
-qo`shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati.
Qo`shma korxonalar o`zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va boshqa vazifalarni yechishga qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va iqtisodiyotning boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin.
Qo`shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xomashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona mustaqil balansiga ega bo`ladi va xo`jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSH, Italiya, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Koreya, Yaponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda qo`shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.
Konsern ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporatsiY. Konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida joylashgan o`nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.
Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o`zaro korporatsiyalangan turg`un aloqalar mavjud bo`lib, ular konsern rivoji yo`lida umumiy moliyaviy resurslar va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin