Injiniring korxonasi muxandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradi. Bunday korxona (firma):
-ishlab chiqarishni ta’minlash;
-mahsulot sotishni uyushtirish;
-ishlab chiqarish obektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahat berish bilan shug`ullanadi.
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko`rsatadi, chet eldagi ilmiy g`oyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, yetkazib beradi.
Nazorat savollari
1. Tashkilot tushunchasiga ta’rif bering?
2. Tashkilotning hayotiy tsikl kombinatsiyasini asoslab bering.
3. Tashkilot elementlari yoriting
4. Texnologiyalarning o‘zaro aloqasi, topshiriqlar, tuzilmalar va maqsadlarini yoriting.
5 .Rasmiy va norasmiy tashkilot deganda nimani tushunasiz?
6. Tashkilot tashkiliy tuzilmasining elementlari nomini aytib tushuntirib bering.
7. Bozor iqtisodiyotida tuzilmaning qaysi bir tashkiliy ko‘rinishlari eng ko‘p tarqalgan? Ularni bayon eting..
8. Tashkiliy tuzilmaning asosiy ko‘rinishlari respublika iqtisodiyotida kengroq qo‘llaniladi va nima uchun?
9. Chiziqli boshqaruv tuzilmasi afzalliklar va kamchiliklarning qanday farqi bor?
10. Boshqaruvning funktsional tuzilmasi bunyod etilish xususiyatlari, afzallik va kamchiliklarini aytib bering.
11. Boshqaruvning chiziqli – funktsional tuzilmasini harakterlab bering.
7-Mavzu. Zamonaviy menejer Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari. Korxona menejerlarining darajalari. Menejer va yetakchi. Yetakchining an’anaviy konsepsiyasi. Menejerning yetakchidan farqi. Yetakchilik sifatlari nazariyasi. Yetakchilik xulqi konsepsiyalari. Vaziyatli yetakchilik konsepsiyasi. Tannenbaum-Shmidt yetakchilik xulqi kontinuumi (uzliksizligi). Vaziyatli yetakchilik modellari (F.Fidler). Xersey va Blansharlarning vaziyatli yetakchilik modeli. Xauz va Mitchellarning “yo‘l-maqsad” yetakchilik modeli. Vrum-Iyettona-Yagolarning qarorlar qabul qilishning vaziyatli modeli. Yetakchilarni yangi konsepsiyalari. Atributli(belgili) yetakchilik konsepsiyasi. Xarizmatik yetakchilik konsepsiyasi. Tubdan o‘zgartiruvchi yetakchi konsepsiyasi. Menejerning uslubi. Rahbarlik uslublarining mazmuni. Rahbarlikning demokratik uslubi. Ishga doir etika va etiket. Menejerning imidji. Imidj tushunchasi. Ishbilarmonlik etikasi. Nutq madaniyati. Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari.
Tayanch so’z va iboralar: menejer, personalni boshqarish, liderlik, uslub, menejer etikasi, menejer madaniyati, attestatsiya, reyting, menejer psixologiyasi, motivatsiY.Menejment madaniyati. Menejer ish uslubi. Rahbarning ish uslubi. Rahbarlik turlari. Fazilat. Sangviniklar. Flegmatiklar. Holeriklar. Melanholiklar.