Tashkiliy tuzilma – tashkilotni boshqarishning asosiy elementlaridan biridir. Ushbu tuzilma bo‘linmalar va tashkilotlar orasidagi maqsadlarni va boshqarish masalalarini taqsimlash bilan belgilanadi. Mazmunan, boshqaruv tuzinmasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha mehnatlarni taqsimlashning tashkiliy shaklidir. Shunday qilib, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi deganda, bir – biriga qat’iy bo‘ysunadigan va boshqaruvchi, hamda, boshqariluvchi tizimlararo o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlay oladigan boshqariluvchi zvenolar majmuasi tushuniladi. Tashkilot boshqaruv tuzilmasida quyidagi elementlar ajratiladi: zvenolar (bo‘linmalar), boshqaruv daraja (pog‘ona) lari va vertikal, gorizontal aloqalar.
Boshqaruv zvenolariga o‘ziga xos boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi tuzilma bo‘linmalari, hamda, ayrim mutaxassislar xosdir.
Boshqaruv zvenolariga bir nechta tuzilma bo‘linmalari faoliyatini rostlash va koordinasiya qilishni amalga oshiruvchi menejerlar ham kiradi.
Boshqaruv zvenosini tashkil etish asosida bo‘lim tomonidan boshqaruvning ma’lum funksiyalarini bajarish yotadi. bo‘limlar orasidagi amalga oshiriluvchi aloqa gorizontal ko‘rinishda bo‘ladi.
Boshqaruv pog‘onasi deganda, tashkilot boshqaruv tizimida ma’lum bir daraja bilan shug‘ullanuvchi boshqaruv tizimlari majmuasi tushuniladi. Boshqaruv darajasi vertikal bog‘liqlikda bo‘lib, bir – biriga quyidagi perarxiya bo‘yicha bo‘ysunadi: yuqori darajadagi boshqaruv menejerlar uchun quyi zvenolarga yetkaziladigan va aniqlashtiriladigan qarorlarni qabul qiladi. Ana shu mulohazadan boshqaruvning piramidali tizmasi paydo bo‘lgan.
Tuzilma insoniy moddiy resurslarni birlashtirib, ular orasidagi aloqani tartibga keltiradi. Tashkiliy tuzilmaga umumiy tavsifnoma bera turib, uning ahamiyatini bildiruvchi bir necha holatni keltirib o‘tish mumkin:
1) Firma tashkiliy tuzilmasi menejer hamma funksiyasini koordinasiya qilishni ta’minlaydi;
2) Tashkilot tuzilmasi huquq va ma’suliyatni aniq belgilab beradi;
Tashkiliy tuzilma menejer yo‘riqnomasi va jamoa mehnati sifatini aniqlab beradi. Hamma boshqaruv tuzilmalari u yoki bu aniqlikda mexanistik va organik ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘linish asosida tuzilmaning tuzilishi mohiyatini aniqlash imkonin beradigan tashkiliy tuzilma ichki qismlari munosabatlari yotadi.
Shu nuqtaiy nazardan, tashkiliy tuzilma uchta qismning birlashishidan aniqlanadi: murakkablik, rasmiylashtirish, markaziylashtirish. Yuqori darajali gorizontal differensiya past darajali differensiya mustahkam ierarxik aloqa hamkorlik (gorizontal va vertikal bo‘yicha) reglamentlangan majburiyat adaptiv majburiyatlar (zaruriyatga bog‘liq) yuqori darajada formallashtirish past darajali formallashtirish kommunikatsiyaning formallashgan noformal kommunikasiya kanallari markazlashgan qaror qabul qilish markazlashgan qaror qabul qilish.
Tashkilot tarkibiga qatnashish tizimi deb ataluvchi (tashkilot faoliyatini yetarli darajada nazorat qilish uchun) birlashtirilgan bitta firma yoki bir necha kompaniyalar kirishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotida zayom kapitalini keng qo‘llash bilan ishlaydigan tashkilot eng hayotbardosh bo‘lib hisoblanadi.
Shu sababli tashkilotning javobgarligi cheklangan degan ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. Bunday jamoalar yuridik shaxslar va fuqaolar tomonidan xo‘jalik faoliyatini amalgam oshirish maqsadida ularning mablag‘larini birlashtiradi.
qo‘shma korxonalar xo‘jalik faoliyatini amalgam oshiradigan, tashkilotni boshqarib, daromadlarni taqsimlaydigan mamlakat va xorijiy sheriklar kapitali asosida bunyod etiladi. Qo‘shma korxonalarni bunyod etish iqtisodga zamonaviy ko‘rinishdagi uskuna va texnologoyalarni, moddiy va moliyaviy resurslarni, hamda, bozorni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, mahsulot raqobatbardoshlik muammolarini xal etish kabi masalalarni xal etishga yo‘naltirilgan.
Aksionerlik jamiyati - xo‘jalik faoliyatini amalgam oshirish maqsadida tashkilot va fuqarolar mablag‘larini birlashtiradigan tashkiliy shakldir. Jamoa nizom jamg‘armasiga ega bo‘ladi. Nizom jamg‘armasi ma’lum bir miqdordagi aksiyalarga ega, tannarxlariga qarab bir xil bo‘lib, o‘z mulkiga munosib tarzda mulkiy javobgarlikka loyiqdir. Aksiyalarni umumiy nominal qiymatlari nizom jamg‘armasini tashkil etadi.
Xolding kompaniyalari – qimmatli qog‘ozlar nazorat pateklariga egalik qilish maqsadida bunyod etiladi (asosan, sanoat firmalar). Ushbu holatda sanoat kompaniyasini nazorat qila borib, ushbu kompaniyaning hamma zanjirini nazorat qilish (boshqa qator firma va kredit (qarz) – moliya tashkilotlar ham qatnashadigan) imkoniga ega bo‘lganligi uchun nazorat funksiyasi asosiy o‘rinni egallaydi.
Markazlashtirilgan boshqaruv darajasi va tuzilmasi, funksiyalar miqdori va mazmuni bilan ajralib turuvchi tashkilot shakllari ham mavjud. Shuning uchun tashkilotning tashkiliy tuzilmasi va uni boshqarish qat’iy mutloq narsa bo‘lmay, ular asta – sekin o‘zgaradi, tashqi muhit o‘zarishiga qarab murakkablashib boradi.