Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Xarakterlar tizimini umumiy tavsifi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə75/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90
маъруза матни Менежмент

Xarakterlar tizimini umumiy tavsifi
Harakterlarni bir necha turlarini sanab o’tamiz.
1. Isteroidli (o’zini ko’rsatish). Bunday turdagi odamlar qanday bio’lmasin o’ziga e’tibor qozonish uchun vaqtini ham, kuchini ham ayamaydilar. Uning shiori “hammaning diqqati menda bo’lsin”.
Isteroidlilar elkasida ijtimoiy va fan texnika taraqqiyotining nisbatan ko’p qismi yotadi. Bu turning asosiy kamchiligi uning izzati ommaviy ravishda shikastlansa, u holda mehnat qobiliyatini bir necha vaqtga sustlashishida namoyon bo’ladi. Isteroidni ko’chilik harater turlarida uchraydigan jazavalik bilan tenglashtirib bo’lmaydi.
2. Beqoror. Bunday xarakterli inson jiddiy, ulkan rejalar tuzadi, ammo ko’pincha bajarmaydi. Unga qat’iy dam olish va ishlashni boshqarib turadigan hokimlik “qo’li” kerak. Bunday karakterli insonlar tavakkalli ishlarni xush ko’rishadi. U boriga qanoat qiladi, qulaylikni talab qilmaydi. U ekspeditsiya va qurilishlarga jon deb boraveradi. Beqaror turdagi shaxslar rahbarlikdan voz kechishadi, ular ko’proq bajaruvchi ishlarni xush ko’radi. Uning shiori “jamoa uchun”.
3. Konformli. Konformizm – fikran o’zgarmas sharoitga ko’nikish. Ammo muhit o’zgarishi bilan u kurashuvchan konservantga aylanadi va bir necha vaqtga o’zining ajoyib hususiyatlarini yo’qotadi. Doimiy muhitda bu odam juda xushmuomala va muloyim, uni atrofdagilar yaxshi ko’rishadi. Beqaror turga nisbatan xar bir qadamini oylab ko’radi, tavakkalchilikni, o’zgarishlar, qayta tashkil etishlarni yoqtirmaydi. U hammasi kechagiday bo’lishini xoxlaydi.
4. Gipertimli. “Giper” – yuqori, “time” – o’zidan degan ma’noni anglatadi. Agar chetdan bunday odamlarga qaraydigan bo’lsak, ular tog’ni ag’darib yuboradiganga o’xshaydilar. Ularni bitmas – tugallanmas energiya, g’ayrat ajratib turadi. Uning shiori “hamma narsa qo’limdan keladi”. Uni xomush holatda ko’rmaysiz – u doim xazillashadi va quvnoq. Deyarli kichkina hafagarchiliklarga, yomon qarashlarga, qistirma gaplarga e’tibor bermaydi. Agar uni ko’ziga qarab noxaq gaplar aytilsa u 20-30 daqiqa juda g;azablanadi, 1 soatdan keyin esa dilsiyohlik qilgan inson bilan apoq – chapoq bo’lib qoladi. U kek saqlamaydi. Bunday odam mustaqil harakterga ega. U hech kimni yordamiga muxtoj emas. O’zi baholaydi, va o’zini baholari to’g’riligiga ishonadi. Isteroiddan farqli ravishda (isteroid bajargan ishni ommaviy maqtov kutadi) gipertim har doim o’z ishidan mamnun, hech kimni baholashini kutmaydi. U qat’iyatli odam, uni fikridan qaytarish qiyin. Asosiy kamchiligi – qiziqishlarini tez-tez o’zgarishidir.
5. Sikloidli. U gipertim turiga o’xshaydi. Ammo bu xarakterni gipertim asosi ruhiy faoliyat doiraliligi uzilib qolishidir. Tushkinlik davrini “qora hafta” deb nomlashadi.
6. Labilli. Gipertimli bilan o’xshash. Ammo bu erda tushkinlik doiraviy emas, balki calendar xarakterga ega. Bunday inqirozlar trans xoltlari deb nomlanadi, ular kutilmagan vaqtda, yaxshi motivlanmaganda vujudga keladi. Labil xarakterdagi odamlar jamoani do’st va dushmanlarga ajratadi (O’rtasi mavjud emas). Aytishlariga qaraganda, agar siz labilni do’sti bo’lsangiz omadlisiz, chunki u do’stidan hech narsani qizg’anmaydi. Dushmanlar bilan esa u sovuq, qo’pol, tirnoq ostidan kir qidiruvchi bo’ladi. Bunaqalardan tezroq qutilishga intiladi. Uning shiori “do’stlar” va “dushmanlar”.
7. Sensitiv. Hissiyotli xarakter turi. Ta’sirchanlik ularda juda rivojlangan. Shuning uchun bunday odam “xrustalli” model tuzadi va bunday model mantig’i katta ruhiy qiyinchilik va tanglikni keltirib chiqaradi. U o’zini boshqalarga o’xshamayman deb hisoblaydi. O’zi va boshqalarga juda yuqori talablar qoyadiva shuning uchun “oq qarg’a” dek ko’rinadi. Juda ko’ngli nozik va ruhiyati yaxshi himoyalanmaganligi. Do’st tanlashda juda extiyotkor. Intensive aloqani yoqtirmaydi.
8. Ruhiy – astenitek. U sayoz ruhiyatdan (flegmatik va melanxolik) shakklanadi. Hamma reaksiyalar unga kam ta’sir qiladi. Uni jaxlini chiqarish juda qiyin,u vazmin.U mayda va sinchikov ishlarda qobiliyatli. Uning shiori ”Mendan boshqa hech kim”. Kamchiligi – jur’atsiz,javobgarlikdan qo’rqadi,haddan tashqari o’ziga baho beradi.
9.Epileptoid. “Hissiyotsiz”. Epilepsiya kasalligiga hech qanday aloqasi yo’q. Bunday odamni harakati qattiq. Zo’r ijodiy qobiliyatga ega. Doim o’zini intellektini rivojlantirib boradi. U ko’pincha ijodiy tashkilotlarni boshqaradi. Yaxshi o’qiydi. Uning zimmasiga ko’p yangiliklarni kashf qilish yuklatiladi. Uning shiori “Menga hamma narsa mumkin”.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin